Özbekistonda milliy valutaning denominatsiyasini (pul qiymatini özgartiriş - tah.) ötkaziş vazifasi qöyilmayapti. Bu haqda respublika Markaziy banki raisi Mamarizo Nurmurotov seşanba kuni ma'lum qildi, deya xabar beradi Kun.uz muxbiri.
Uning sözlariga köra, bu jarayonga juda ehtiyotkorlik bilan yondaşiş kerak, sababi «nozik masaladir». Biroq, texnik jihatdan uni amalga oşiriş qiyin iş emas.
«Pul qiymatini özgartiriş odatda makroiqtisodiy vaziyatni, birinçi navbatda - inflatsiyani barqarorlaştiriş mumkin bölganda amalga oşiriladi. Denominatsiya - texnik masala, uni ötkaziş juda oson. Xuddi Belarusda bölgani kabi oğriqsiz amalga oşirsa ham böladi. Biz hozirça oldimizga bunday maqsadni qöymayapmiz. Mavjud kupyuralar qulay va aholining naqd puldan foydalaniş böyiça talablariga javob beradi», - dedi Nurmurotov.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda 2019 yilning 25 fevraldan boşlab qiymati 100 000 söm bölgan banknot körinişidagi yangi pul belgisi muomalaga çiqarildi. Qiymati 100 000 söm bölgan banknotning mavzusi (tematikasi) buyuk özbek olimi Mirzo Uluğbek faoliyati va uning astronomiya fanidagi yutuqlariga bağişlangan.
Bundan oldin, Markaziy bank milliy valuta qiymatining özgarişi töğrisidagi ma'lumotni rad etgandi.












