Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Özbekiston Respublikasi Markaziy banki mutasaddilari iştirokida OAV vakillari bilan oçiq muloqot bölib ötdi. Muloqot davomida Markaziy bank raisining birinçi örinbosari Ilhom Norqulov milliy valutaning qadrsizlanişi va denominatsiya qilinişi haqidagi savolga javob berdi.

«Denominatsiyani (katta nominaldagi kupyuralarni yangi kiçik nominaldagi kupyuralarga almaştiriş) amalga oşirişdan maqsad nollar sonini kamaytiriş. Denominatsiya rejalaştirilmagan, deya olmaymiz. Bu haqda öylaganmiz.

Qaçondir denominatsiya böladi. Balki 5 yil, balki 10 yildan söng bölişi mumkin», — deya Ilhom Norqulovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Norqulovning sözlariga köra, regulyator inflatsiyaviy targetlaşga ötiş tugallanişi bilan regulyator denominatsiya masalasini körib çiqişga tayyor böladi.

«Bugungi kunda oldimizda davlat taşkilotlarini isloh qiliş, narxlarni liberallaştiriş kabi ulkan vazifalar turibdi», — deya qöşimça qilgan u.

Şu yilning martida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurotov Özbekistonda pul qiymatini özgartiriş rejalaştirilmayotgani haqida gapirgandi.

Eslatib ötamiz, Özbekistonda 2019 yilning 25 fevraldan boşlab qiymati 100 000 söm bölgan banknot körinişidagi yangi pul belgisi muomalaga çiqarildi.

Yuz ming sömlik kupyura xalqqa qançalik kerak?