10:16 / 12.06.2023
3521

O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida jinoyat ishlari bo‘yicha davlatlararo shartnoma imzolandi

O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi davlatlararo shartnoma imzolandi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Bosh prokuratura

Malayziya bosh prokurori birinchi o‘rinbosari Ahmad Terrirudin bin Mohd Salleh boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘ldi.

Tashrif davomida Malayziya delegatsiyasi O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev, adliya vazirining o‘rinbosari Muzraf Ikramov, Sudyalar oliy kengashi raisi Xolmo‘min Yodgorov hamda Sudyalar oliy maktabi direktori Hoji-Murod Isoqov va Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshlig‘i Yevgeniy Kolenko bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Muzokaralar davomida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish hamda prokuratura va sud organlari xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish sohalarida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar O‘zbekiston va Malayziya hukumatlari o‘rtasida jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma imzolanishi ikki tomonlama idoralararo hamkorlikka yangi turtki bo‘lishiga ishonch bildirdi.

Top