Jahon | 12:11 / 13.06.2023
10209
1 daqiqa o‘qiladi

Yadro quroliga xarajatlari bo‘yicha yetakchi uch davlat ma’lum qilindi

Yadro quroliga global xarajatlar 82,9 milliard dollarga (78 milliard yevro) oshdi, 2022 yilda dunyoda 12,5 ming yadroviy qurol borligi qayd etildi, to‘qqizta davlat arsenallarni modernizatsiya qilish va kengaytirish bilan shug‘ullangan. Bu "Yadro qurolini taqiqlash bo‘yicha xalqaro kampaniya" (ICAN) hisobotida aytilgan.

Foto: US Army

Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich 2021 yilga nisbatan 3 foizga ko‘p, o‘tgan yili yadro quroliga bir daqiqada 157 664 dollar (146 490 yevro) sarflangan.

Amerika Qo‘shma Shtatlari bu maqsad uchun 43,7 milliard dollar (40,6 milliard yevro) o‘tkazdi, bu 2021 yildagidan biroz kamroq.

Vashingtondan keyin 11,7 milliard dollar (10,8 milliard yevro) xarajat bilan Pekin turibdi, unda 6 foizlik o‘sish kuzatilgan. Uchinchi o‘rinni Rossiya 9,6 milliard dollar (8,9 milliard yevro) bilan egalladi, bu bir yil oldingiga nisbatan 5,74 foizga ko‘p.

Shu bilan birga, xarajatlarning eng katta o‘sishi Hindistonda qayd etildi - 21,8 foiz. Buyuk Britaniyada ham jiddiy o‘sish kuzatildi - 11 foizdan sal ko‘proq.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid