Jahon | 13:12 / 14.06.2023
10593
2 daqiqa o‘qiladi

NYT: AQSh Ukrainaga hamkorlikning «Isroil modeli»ni taklif qilmoqchi

Vashington Kiyevga NATOga kirmasdan 10 yillik xavfsizlik majburiyatini nazarda tutuvchi hamkorlik modelini taklif qilmoqchi. Bu haqda AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyatidagi manbalariga tayanib, New York Times gazetasi xabar bermoqda. 

Foto: Reuters

«Baydenning yordamchilari Kongress a’zolariga ular «Isroil modeli» deb ataydigan narsaga o‘xshash narsani taklif qilmoqchi ekanliklarini aytishdi, bunda Qo‘shma Shtatlarda xavfsizlik bo‘yicha 10 yillik majburiyat ham bo‘ladi», - deyiladi maqolada. 

Bayden ma’muriyati rasmiylariga ko‘ra, bu g‘oya Rossiya yetakchisi Vladimir Putinni «Kiyevga kelayotgan qurollar oqimi to‘xtab qolmasligiga» ishontirishga urinish hisoblanadi. 

Shu bilan birga, gazeta ta’kidlashicha, bular Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy intilayotgan xavfsizlik «kafolatlari» emas. 
 
NYT yozishicha, G‘arbda ko‘pchilik Ukrainaning NATOga qo‘shilishini talab qilish «urush NATOning Rossiya hukumatini beqarorlashtirishga urinishi degan ruscha versiyani kuchaytiradi», deb hisoblaydi. 

New York Times gazetasi, shuningdek, ittifoqchilar AQSh prezidenti Jo Baydenga bosim o‘tkazib, Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi uchun «tezroq va ishonchliroq» yo‘lni qo‘llab-quvvatlashiga ko‘ndirmoqchi ekani haqida yozmoqda. 

Mavzuga oid