Qarshi hujumning ilk natijalari va Krivoy Rogga zarba oqibatlari. Urush suratlari
Ukrainada urushning 475-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiya harbiylari Krivoy Rogga yo‘llagan zarba oqibatida besh qavatli turar joy binosi vayron bo‘ldi. 12 kishi halok bo‘lgan.
- Ukraina hukumati va Xerson oblastiga Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyatga ko‘ra, Kaxovka GES to‘g‘oni vayron bo‘lishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 29 kishini tashkil etmoqda.
- Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyarning ma’lum qilishicha, mamlakat qurolli kuchlari Donetsk va Tavr operativ rayonlarida bir hafta davomida yettita aholi yashash manzilini ozod etgan.
- Vladimir Putin harbiy muxbirlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. U ilk bor Rossiyaning chegaradosh regionlari o‘qqa tutilishi yuzasidan munosabat bildirdi, shuningdek Ukrainada jang qilayotgan mahbuslarni afv etish to‘g‘risida farmon imzolaganini tasdiqladi. Uning chiqishidagi asosiy gaplarni ushbu havolada o‘qish mumkin.
- Bundan tashqari, Putin harbiy xizmatga chaqiriluvchilarning chetga chiqish pasportlarini olib qo‘yish to‘g‘risidagi qonunni va jinoyat sodir etgan politsiyachilar uchun jazoni yengillashtiruvchi qonunni imzoladi.
- Davlat dumasi deputatlari urush ishtirokchilarini kichik va o‘rta og‘irlikdagi jinoyatlar uchun javobgarlikdan ozod qilishni taklif etishdi.
- Peterburgda safarbarlikdan dezertirlik qilgan askar (sud uning shaxsini ochiqlamagan) yetti yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Tergov versiyasiga ko‘ra, 2022 yil oktyabrida harbiy xizmatchi anneksiya qilingan «LXR» hududida mudofaa pozitsiyasiga chekinishdan bosh tortgan va avtomatini olib xizmat joyini tark etgan.
Donetsk oblastida ozod etilgan qishloqlar
Ukraina qo‘shini Donetsk oblastining g‘arbiy qismidagi to‘rt qishloqni — Makarovka, Blahodatne, Neskuchne va Storojyevoye qishloqlarini ozod etgan. Bu 4 iyun kuni boshlangan qarshi hujumning dastlabki natijalari bo‘ldi. Quyida ukrainalik harbiylar tomonidan ozod etilgan Neskuchne qishlog‘idagi vaziyat aks etgan suratlar.
Krivoy Rogga zarba oqibatlari
13 iyunga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Dnipropetrovsk oblastida, Dnipro shahridan 140 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan Krivoy Rog shahrini o‘qqa tutdi. Raketalardan biri besh qavatli turar joy binosiga kelib urilgan — so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 12 kishi halok bo‘lgan. Shahar ma’muriyati rahbari Oleksandr Vilkul besh qavatli uydan tashqari omborxona, xususiy korxona, qutqaruvchilar bo‘linmasi va yana bir obekt shikastlanganini xabar qilgan.
RF mudofaa vazirligi rossiyalik harbiylar «Ukraina qurolli kuchlarining operativ zaxiralari to‘plangan joylarga, shuningdek, o‘q-dorilar va xorijda ishlab chiqarilgan qurollar omborlariga uzoq masofaga yuqori aniqlikda harakatlanuvchi qurollar bilan guruhli zarbalar yo‘llagani»ni ma’lum qilgan.
Xersonda suv toshqinidan keyin ilk bor ko‘rishayotgan qo‘shnilar
Mavzuga oid
22:08 / 23.11.2024
Putin Kursk oblastini qaytarish muddatini belgiladi - Zelenskiy
17:55 / 23.11.2024
WSJ: Ukraina o‘zining ballistik raketasini yaratish ustida ish olib bormoqda
13:12 / 23.11.2024
Kursk oblastida yashovchi 46 kishi Ukrainadan qaytib keldi
11:31 / 23.11.2024