Yevropa kengashi Gurjistonni deoligarxizatsiya haqidagi qonun loyihasi uchun tanqid qildi
Venetsiya komissiyasi Gurjistonni deoligarxizatsiya to‘g‘risidagi qonun loyihasini hozirgi shaklda qabul qilmaslikka chaqirib, tizimli yondashuv yo‘qligini ko‘rsatdi.
"Qonun orqali demokratiya uchun" Yevropa komissiyasi (Yevropa kengashining Venetsiya komissiyasi) Gurjiston hukumatini deoligarxizatsiya to‘g‘risidagi qonun loyihasini hozirgi, qayta ko‘rib chiqilgan shaklda qabul qilmaslikka chaqirdi. 13 iyun, seshanba kuni DW'ga taqdim etilgan komissiyaning ikkinchi, yakuniy xulosasida aytilishicha, bunday qonundan hozirgi hokimiyat muxoliflariga ta’sir o‘tkazish uchun siyosiy maqsadlarda foydalanishi mumkin.
Aksariyat mamlakatlar oligarxiya ta’sirini jamlashda demokratiya, qonun ustuvorligi va inson huquqlariga buzg‘unchi ta’sirning oldini olishga qaratilgan o‘zaro bog‘liq chora-tadbirlar majmuini qo‘llaydi, deya ta’kidladi Venetsiya komissiyasi. Buning o‘rniga, strasburglik ekspertlarning fikricha, qonun loyihasida fuqarolarni oligarx deb e’lon qilishda “tizimli” emas, balki “shaxsiy” yondashuvdan foydalanilgan. Bu mamlakatdagi oligarxiya ta’siriga demokratik javob emas, hatto uni samarali deb hisoblash ham mumkin emas, deyiladi bayonotda.
Venetsiya komissiyasi, jumladan, Gurjistonga siyosatda raqobatbardoshlik tamoyilini ishlab chiqish va amalga oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashni yuqori darajada kuchaytirish, davlat xaridlarida shaffoflikni saqlash, ommaviy axborot vositalari plyuralizmi va ular egalarining ochiqligini kuchaytirishni tavsiya qildi.
Venetsiya komissiyasi joriy yilning mart oyida ushbu qonun loyihasi bo‘yicha oraliq xulosani qabul qildi. Ekspertiza Gurjiston parlamenti raisining iltimosiga binoan o‘tkazildi. Deoligarxizatsiya talabi Gurjiston Yevropa Ittifoqiga nomzod maqomiga ega bo‘lishi uchun bajarilishi kerak bo‘lgan 12 banddan biridir.
Bir necha kun oldin Venetsiya komissiyasi Ukrainaning bir nechta qonun loyihalari bo‘yicha xulosalar chiqardi. U Kiyevga oligarxlar to‘g‘risidagi qonunni qo‘llashni urush oxirigacha kechiktirishni tavsiya qiladi, shuningdek, Konstitutsiyaviy sudda sudyalarni tanlash to‘g‘risidagi qonun loyihasi bo‘yicha xulosalarini e’lon qildi. Bundan tashqari, Yevropa kengashi milliy ozchiliklar to‘g‘risidagi qonunning bir qator qoidalarini, xususan, tilga oid masalalarni tanqid qildi.
Mavzuga oid
13:37 / 06.11.2024
Gurjistonda 30 ta uchastkada saylov natijalari bekor qilindi
23:25 / 04.11.2024
Gurjistonda minglab odamlar parlament saylovlari natijasiga qarshi mitingga chiqdi
15:24 / 03.11.2024
Gurjiston va Moldova saylovlari: Yevropa orzusi orzuligicha qoldimi?
12:10 / 02.11.2024