Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belarusda marhumlarga nisbatan ish ochish va sud qilishga ruxsat berildi
Jinoyat ishi da’vo muddati belgilanmagan o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha ochiladi.
Belarusda marhumlarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atishga va ularni sud qilishga ruxsat berildi. Shu haqdagi qonun loyihasi Vakillar palatasi - mamlakat parlamentining quyi palatasi tomonidan qabul qilindi.
Qonun loyihasi bilan Jinoyat kodeksining jinoyat ishini qo‘zg‘atish imkoniyatini istisno etuvchi holatlar to‘g‘risidagi moddaga o‘zgartirishlar kiritiladi.
Jinoyat ishi da’vo muddati belgilanmagan o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha ochiladi.
Ular:
- tajovuzkor urushga tayyorgarlik ko‘rish yoki olib borish;
- terrorizm;
- genotsid;
- ekotsid;
- urush qonunlari va urf-odatlarini buzish.
Belarus qonunchilariga ko‘ra, bular «Ulug‘ Vatan urushi va urushdan keyingi davrda Belarus xalqiga nisbatan genotsid holatlarini har tomonlama, to‘liq va xolis o‘rganish, uni amalga oshirishda ishtirok etgan shaxslarni aniqlash va ularni jinoiy javobgarlikka tortish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlardir».
Sudlarda marhumning «roziligidan qat’iy nazar» qarindoshlari vakillik qiladi.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
22:16 / 16.06.2026
Vatikan va «yahudiylar lobbisi» Putinni aldadi - Lukashenko
18:54 / 16.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Belarus bosh vaziri bilan uchrashdi
09:00 / 16.06.2026