14 iyun kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi bölib ötdi. Unda davlat budjetining va davlat maqsadli jamğarmalari budjetlarining 2022 yildagi hamda 2023 yilning birinçi çoragidagi ijrosi körib çiqildi.
Iqtisodiyot va moliya vaziri Şerzod Qudbiyevning sözlariga köra, hukumat suvni sarflaş madaniyati va uni ölçaş, yetkazib beriş böyiça juda keskin takliflarni tayyorlayapti.
“Ular tayyor bölişi bilan 2024 yil budjet loyihasida ham körasizlar, suvga bölgan munosabatimizni keskin özgatiradigan va uni tejaşni rağbatlantiradigan mexanizmlar haqida öylayapmiz”, - dedi vazir.
IMV vazirining aytişiça hisobot davrida 1 mln 600 ming aholi ilk bor içimlik suvi bilan ta’minlangan, 3,4 mln aholining içimlik suvi ta’minoti yaxşilangan.
Buning uçun suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantiriş jamğarmasiga 172ta loyiha uçun 2, 1 trln söm mablağ ajratilib, 1800 km içimlik va 50 km oqava suv quvurlari ötkazilgan, 270ta inşootda quriliş va rekonstruksiya işlari amalga oşirilgan.
“Irrigatsiya yönalişida 235ta obekt uçun 1 trln söm, melioratsiya yönalişda 99 obekt uçun qariyb 360 mlrd söm sarflandi. Uşbu loyihalarni amalga oşiriş natijasida irrigatsiya va melioratsiya obektlarini texnik holati yaxşilanib, hududlardagi 348 ming gektar maydonlardagi suv ta’minoti va 150 ming gektar suğoriladigan yer maydonlarining holati yaxşilanişga erişildi”, - dedi vazir öz hisobotida.
Eslatib ötamiz, joriy yilning iyun oyi boşida Özbekistonga kelgan Kristalina Georgiyeva suv muammosiga e’tibor qaratgandi. U Özbekistonda suvning bozor narxi şakllanmagani, bu hukumat birinçilardan bölib amalga oşirişi kerak bölgan islohot ekanini aytgandi.
Avvalroq, Suv xöjaligi vazirligi 2030 yilga borib Özbekistonga 7 milliard kub metr suv yetişmasligini ma’lum qilgandi.

















