Endilikda barcha shaxsiy tomorqa egalari ish staji hisoblash uchun ixtiyoriy soliq to‘lashi mumkin
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga norasmiy bandlikni qisqartirishga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritildi.
Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchaga ko‘ra, shaxsiy tomorqasida band bo‘lgan yoki mazkur maydonda, issiqxona, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik, baliqchilik, bog‘dorchilik, limonchilik, gulchilik bilan shug‘ullanayotgan tomorqa yer egalari yoki ularning oila a’zolari yerning maydoni yoki hayvon va parranda sonidan qat’i nazar o‘zlariga mehnat stajini hisoblashi uchun ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq to‘lashi mumkin.
Ilgari yer 0,04 gektar, qoramol yoki 50 bosh parranda bo‘lsa ijtimoiy soliq to‘lashga ruxsat berilgan.
Shu sababli “Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonundan yer uchastkasi va hayvonlar soniga qo‘yilgan talablar chiqarib tashlandi.
Mavzuga oid
12:01 / 11.05.2024
Tuman darajasidagi to‘rt yuzga yaqin mas’ullar ishdan olindi
14:10 / 12.03.2024
Tomorqa va dehqon xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlashning yangi choralari belgilandi
18:36 / 04.09.2023
“Tax gap” va QQS guvohnomasini to‘xtatib qo‘yish amaliyotlari bekor qilindi
07:40 / 02.09.2023