Özbekistonda yaratilayotgan iş örinlarining soxtaligi soliq organlarining axborot tizimlari orqali tekşiriladi. Bu haqda boş vazir örinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Jamşid Qöçqorov 3 fevral kuni prezident bilan uçraşuvdan söng «Özbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Jamşid Qöçqorovning sözlariga köra, tomorqalarda «hali işlatilmagan zaxiralar juda katta». Hozir ekin-tekin mavsumiga tayyorgarlik körilayotgan bölsa-da, mamlakatdagi 850 tadan ortiq mahallada suv ta’minoti yöq. Prezident qarori bilan mazkur mahallalardagi suv muammosi 1 martga qadar hal etiladi va buning uçun 250 mlrd söm mablağ ajratiladi.

«Bu degani qayerdadir ariqdan tortib kelinadi, qayerdadir qöşimça nasoslar kovlanadi», — dedi boş vazir örinbosari.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi rahbarining ta’kidlaşiça, har törtta mahallaga bir nafardan mahalla bankiri biriktirilgan. Bugungi kunga qadar 2500 ga yaqin ana şunday bankirlar faoliyatini boşlagan.

«Zimmamizga joylarda hokim yordamçilari faoliyatiga „yangi bir turtki beriş“ vazifasi qöyildi. Ular katta kuç, har bir mahallada bittadan bor, 95 foizdan ortiği iqtisodçi. Ular kredit, subsidiya, kasb-hunarga öqitiş uçun yöllanma berişni biladi. Endi biz ularning faoliyatiga turtki berib, jonlantirişmiz kerak. Qanday qilib? Masalan, tomorqada işlarni taşkil qilişni, birinçi navbatda, hokim yordamçilariga yuklayapmiz. Umuman, mahalladagi jami „yettilik“», — dedi Qöçqorov.

Ekiş jarayonini «Onlayn mahalla» platformasi orqali kuzatiş rejalaştirilmoqda. 1 martdan boşlab köçatlar ekilgan yoki ekilmaganini elektron tarzda köriş mumkin böladi.

«Yiğilişda prezidentimiz yana bir qat’iy topşiriqlardan biri hududlarda bajarilayotgan işlarning har birining töğriligi, haqqoniyligini tekşiriş böldi. Hozir amaldagi tartibga köra, har bir band qilingan aholi tasdiğini Soliq qömitasi orqali olamiz. Fevral oyidan boşlab Hisob palatasi ham bu raqamlarni körib boradi va tasdiq beradi», — dedi vazir.