09:15 / 17.06.2023
6899

Zelenskiy - Afrika yetakchilariga: Ukrainaga haqiqiy tinchlik kerak

Kiyevda Afrika davlatlari rahbarlari bilan uchrashgan Volodimir Zelenskiy barcha qo‘shinlar olib chiqilgunga qadar Moskva bilan tinchlik muzokaralari o‘tkazish g‘oyasini rad etdi. Ukraina prezidenti g‘alla bo‘yicha ikkita tashabbus natijalarini ham taqdim etdi.

Foto: Reuters

Ukraina prezidenti 16 iyun, juma kuni Kiyevga kelgan Afrika davlatlari rahbarlari bilan uchrashgandan so‘ng, ayni damda Moskva bilan tinchlik muzokaralari o‘tkazish g‘oyasini rad etdi. “Hozir, Rossiya bilan har qanday muzokaralarga ruxsat berish urushni to‘xtatish, og‘riq va azob-uqubatlarni muzlatish demakdir”, — deya Volodimir Zelenskiy so‘zlarini keltiradi "Interfaks-Ukraina" agentligi.

Ukraina rahbarining so‘zlariga ko‘ra, “Rossiya uzoq vaqtdan beri Minsk bilan hammani aldamoqchi bo‘lgan” va endi “eski taktikasiga qaytishga harakat qilmoqda”. "Ammo Rossiya endi dunyoni alday olmaydi. Ukrainani aldash, albatta, mumkin emas. Yana bir bor ta’kidlayman: bizga haqiqiy tinchlik kerak, bu esa qo‘shinlarning butun mustaqil zaminimizdan haqiqiy olib chiqib ketilishini anglatadi", - dedi Zelenskiy.

Ukraina prezidentining o‘zi Telegram’da yozganidek, Afrika yetakchilarini “hozir tayyorgarlik ko‘rayotgan” tinchlik sammitiga taklif qilgan. Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti Siril Ramaposa, o‘z navbatida, Afrika davlatlari Kiyev bilan tinchlik tashabbusi bo‘yicha kelgusi hamkorlikka tayyor ekanini aytdi. “Ushbu urushda kelishuv bo‘lishi kerak va muzokaralar yo‘li bilan tinchlikka erishish kerak”, dedi u Zelenskiy bilan suhbatdan keyin jurnalistlarga.

Ukraina yetakchisi, shuningdek, Afrika mamlakatlari rahbarlariga ikkita eksport tashabbusi – Qora dengiz g‘alla tashabbusi va Ukraina doni humanitar tashabbusi natijalarini taqdim etdi. "Biz haqiqatan ham dunyoga va Afrika, Osiyo, Yevropaning ko‘plab xalqlariga eksportimiz tufayli oziq-ovqat bozorida ijtimoiy barqarorlik va narxlarni bashorat qilishda yordam beramiz. Hamkorlar bilan birgalikda Afrikadagi don markazlari ustida ishlayapmiz", - dedi Volodimir Zelenskiy.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top