O‘zbekiston | 12:50 / 19.06.2023
5346
2 daqiqa o‘qiladi

47 ta «sharoiti og‘ir» tumanlarda tadbirkorlar uchun mol-mulk va yer solig‘i pasaytirilishi mumkin

Foto: Flickr

2023 yil 19 iyun kuni Qonunchilik palatasidagi Xalq demokratik partiyasi hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyalarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

“Soliqni hisoblab chiqarish tartibining ayrim qoidalari takomillashtirilishi munosabati bilan Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama etildi.

Respublikaning 11 ta viloyatidagi 47 ta “sharoiti og‘ir” bo‘lgan tumanlarda yangidan tashkil etilgan va o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlik sub’yektlari uchun mol-mulk va yer solig‘i soliq stavkalarini pasaytirish ko‘zda tutilmoqda.

Yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda jismoniy shaxslarga nisbatan yer solig‘ining oshirilgan stavkasi qo‘llanilishini to‘xtatib turish belgilanmoqda. 

Elektrotexnika tarmog‘i korxonalarining ixtisoslashtirilgan markazlarini rivojlantirish maqsadida vaqtinchalik soliq imtiyozlari berish nazarda tutilmoqda.

Yig‘ilishda muhokamalardan so‘ng qonun loyihasi qo‘llab-quvvatlandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid