Jarima miqdori ijro hujjatida undirilishi belgilangan miqdordan yuqori bo‘lmasligi tasdiqlanyapti
Bugun, 19 iyun kuni Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi.
Majlisda “Ijro hujjatlarini ijro etmaganlik uchun solinadigan ma’muriy jarima miqdorini belgilash tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida«gi qonun muhokama qilindi.
Qonunni qabul qilish uchun qator omillar yuzaga kelgan. Amalda undirilishi lozim bo‘lgan qarzdorlik 100 ming so‘m bo‘lsa-yu, ushbu jarima miqdori o‘z vaqtida to‘lanmasa, Majburiy ijro byurosi tomonidan ushbu summaga nisbatan bir necha marta yuqori jarima belgilanishi mumkin. Bu fuqarolarning to‘lov qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ularning noroziligini keltirib chiqaradi.
Belgilangan jarimalarni o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun bugungi kunda barcha ijrochilarga ma’muriy jarimaga tortish vakolati mavjud. Bu holatlar ham turli suiiste’molchilik va aholi noroziligiga sabab bo‘lmoqda.
Qonun bilan MJtKning 198-1-moddasiga jarimaning miqdori ijro hujjatida undirilishi belgilangan summadan yuqori bo‘lishi mumkin emasligi haqida norma kiritilmoqda.
MJtKning tegishli moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga hamda ma’muriy jazo qo‘llashga vakolatli bo‘lgan shaxslar doirasi qisqartirilib, Bosh davlat ijrochisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilari, ularning o‘rinbosarlari, shuningdek Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari haqli ekanligi to‘g‘risidagi o‘zgartirish kiritilmoqda.
Muhokamalar natijasida masala yuzasidan qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.
Mavzuga oid
18:34 / 08.11.2024
Markaziy bank 7 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotini jarimaga tortdi
07:50 / 31.10.2024
Yo‘lning chetki chap qatorida harakatlangan yuk mashinasi haydovchilari jarimaga tortiladi
11:00 / 04.10.2024
195 km/soat tezlikda avtomobil boshqargan Jahongir Otajonov jarimaga tortildi
07:20 / 20.09.2024