Bugungi kunda 183 mingdan ziyod xodim işlayotgan gigant kompaniya maşhur Genri Ford tomonidan 28 ming dollar evaziga taşkil etilgan. Hozirda kompaniya tepasidagi rahbarlardan biri Fordning evarasi kiçik Uilyam Kley Ford sanaladi. Ford Motor esa dunyoga eng maşhur sulolaviy kompaniyalardandir.

Foto: Ford

«Maşinasiz kişi – quldir...»

Mazkur sözlar Genri Fordning Ford News gazetasining 1925 yil 1 avgustdagi sonida bosilib çiqqan. Maşhur tadbirkor maşinasiz kişilarga şunday ta’rif bergandi.

U vaqtda hali AQŞda irqçilik va segregatsiya gullab-yaşnar, «qul» öta haqoratomuz ibora edi. Fordning iborasiga köra, «maşinali kişi – erkin şaxsdir».

Fordning kamoloti juda qiziq edi: u irlandiyalik muhojirlar oilasida tuğildi, ön oltiga tölgaç, uydan qoçib, Detroyt şahriga işlagani keldi. Tirişqoq yigitça injyenerlikkaça kötarildi, işdan böş vaqtida mustaqil ravişda avtomobil yasaşga muvaffaq böldi. Öz kompaniyasiga asos solgaç esa, birinçi avto — «Ford A»ni çiqardi.

Lekin kompaniyaga birinçi şuhratni 1908 yilda çiqarilgan Ford T keltirdi. 1910 yilda esa öşa davrlar uçun eng yaxşi bölgan «Xaylend park» zavodi işga tuşirildi.

Ford uşbu zavodda ilk bor konveyer imkoniyatlaridan foydalanib, generator yiğişga muvaffaq böldi. Keyin dvigatel yiğildi. Agar bitta işçi dvigatelni yiğişga qariyb 10 soat vaqt ketkazgan bölsa, yangi yönalişda 40 daqiqagaça qisqardi. Ford yölga qöygan konveyer usuli nafaqat avtomobilsozlikda, umuman sanoatda inqilob yaratdi.

Kuçli nazorat örnatiş maqsadida Ford ruda eritişdan tayyor avtomobil yaratişgaça bölgan jarayonni yölga qöydi.

Ford AQŞ tarixida ilk bor nafaqat menejyerlarga, balki işçilarga ham kompaniya foydasiga qarab yillik bonuslar tölay boşladi.

Kommunistlar esa buni proletarlarning sinfiy tuyğusini susaytiruvçi hiyla deb ataşgan. Ammo işçilar haqiqatan ham korxonaning egalari bölmasa-da, Fordning manfaatdor şeriklariga aylanişdi.