Shavkat Mirziyoyev Eron oliy diniy rahbari bilan uchrashdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif doirasida Eron Islom Respublikasi oliy diniy rahbari oyatulloh Sayid Ali Xomaneiy bilan uchrashdi.
Davlat rahbari Eron zaminida O‘zbekiston delegatsiyasiga ko‘rsatilgan qabul va mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi.
Do‘stona suhbatda tomonlar ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashga alohida e’tibor qaratib, O‘zbekiston bilan Eron o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlikni yanada kengaytirish borasida rejalashtirilgan chora-tadbirlarni muhokama qildi.
Ko‘p asrlar davomida xalqlarni madaniy-tarixiy mushtaraklik bog‘lab turgani alohida qayd etildi. O‘zaro muloqotlar faollashib borayotgani qayd etilib, istiqbolli qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Savdo, innovatsiyalar va yuqori texnologiyalar, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, transport va kommunikatsiyalar, turizm va madaniy-gumanitar almashinuv kabi sohalarda hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha amaliy ishlar qilinayotgani ta’kidlandi.
Mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Mavzuga oid
09:30
O‘zbekiston - Chernogoriya hukumatlararo komissiyasi tuziladi
20:47 / 12.11.2024
“Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz” - Shavkat Mirziyoyev
20:26 / 12.11.2024
Mirziyoyev: Yevropaga “yashil” energiya yetkazish bo‘yicha ko‘p tomonlama bitim imzolaymiz
17:29 / 12.11.2024