Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat budjeti mablag‘laridan maqsadciz foydalanish bo‘yicha javobgarlik oshiriladi
Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasida navbatdagi yalpi majlis kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.
Qo‘mita a’zolari “Hisob palatasining faoliyati yanada takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni muhokama qildi. Qonun Hisob palatasining faoliyatini to‘g‘ri va samarali tashkil etish, uning budjet mablag‘lari ustidan tizimli nazorat o‘rnatish samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan.
Davlat budjeti mablag‘larning maqsadli sarflanishini ta’minlash va rahbarlarning javobgarligini oshirish uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha qoidalar kiritilmoqda.
Budjet tashkilotlarining, budjet mablag‘larini oluvchilarning, davlat maqsadli jamg‘armalarining hamda belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarning mol-mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan oz miqdorda talon-toroj qilish aniqlangan taqdirda Hisob palatasi tomonidan ma’muriy jarimaga tortilishi belgilanmoqda.
Mavzuga oid
11:32 / 20.04.2026
Voyaga yetmaganlar xavfsizligiga doir yangi huquqiy normalar joriy etildi
09:02 / 28.03.2026
Chiqindilarni noqonuniy olib ketish uchun javobgarlik belgilandi
12:22 / 25.03.2026
Davlat budjetining 2025 yildagi ijrosi. Defitsit – 39 trln so‘mgacha qisqardi
10:53 / 12.03.2026