Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO Ukrainaga qurolli kuchlarni modernizatsiya qilishda yordam beradi
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Kiyevga armiyani modernizatsiya qilishda yordam haqida va’da berdi. Alyans Ukraina armiyasining NATO standartlariga o‘tishiga yordam beradi, dedi u.
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Ukrainaga qurolli kuchlarini modernizatsiya qilishda yordam haqida va’da berdi. «Litva poytaxti Vilnyusdagi sammitda ittifoqchilar Ukrainani NATO standartlariga moslashtiradigan uzoq muddatli yordam paketini qabul qiladi», dedi u 21 iyun, chorshanba kuni Tagesspiegel gazetasiga bergan intervyusida.
«Bizning yordamimiz bilan Ukraina harbiylari sovet uslubidagi armiyadan NATO standartlari bo‘yicha ishlaydigan zamonaviy qurolli kuchlarga o‘tishni ta’minlay oladi», - deydi Stoltenberg.
Shimoliy Atlantika alyansi bosh kotibi Ukraina frontlaridagi so‘nggi voqealarni sharhlar ekan, Ukrainaga keyingi yordam ko‘rsatish muhimligini ta’kidladi.
«Biz bir necha oy davomida o‘z armiyasini tayyorlab, jihozlagan Ukraina yana hududiy muvaffaqiyatlarga erisha olganini ko‘rib turibmiz. Lekin bu qiyin hudud va Rossiya armiyasi kuchli mudofaa chizig‘i, mina maydonlari va tank to‘siqlarini qurgan. Ukrainaliklar uchun oldinga siljish oson emas va shuning uchun bizning yordamimiz juda muhim», - deya tushuntirdi Stoltenberg.
NATOga a’zo 31 davlat vakillari ishtirokidagi sammit 11-12 iyul kunlariga mo‘ljallangan.