Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Bilim va malakalarni baholaş agentligi mutasaddilari iştirokida “2023/2024 öquv yili uçun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yönalişlariga qabul” mavzusida matbuot anjumani bölib ötdi. Unda Kun.uz muxbiri mutassadilarga nega maktab baholarining öqişga kiriş balliga qöşib berilişi haqidagi qaror ijrosi keçikib ketayotgani haqidagi savol bilan yuzlandi. Bilim va malakalarni baholaş agentligi direktori maslahatçisi Farhod Mirzayev maktab baholari inobatga olinişining hujjat topşiriş jarayoniga heç qanday ta’siri yöqligini bildirib, agar bu inobatga olinadigan bölsa, mandatgaça aniq bölişini aytdi.
“Bu yil bitiruvçilarimiz uçun ball qöşiş imkoniyati yaratilgan. Lekin oldingi yildagi bitiruvçilar uçun alohida e’tiborga olinmay qolib ketyapti. Şuning uçun bu narsani qanday amalga oşiriş mexanizmi yana çuqurroq örganilyapti. Lekin tizim şu yildan kuçga kiradi”, – dedi u.
Biroq Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi departament boşliği Abduvali Xoliqov bu fikrni inkor qildi. Hatto bu jarayon hali beri joriy qilinişi imkonsiz ekanini ma’lum qildi.
“Köpçilik abituriyent deganda bu yilgi maktab bitiruvçilarini tuşunadi, lekin 15 yil oldin maktabni bitirgan abituriyentlar ham bor. Ya’ni teng huquqlilik degan narsa buziladi. Çunki 15 yil oldingi maktab bitiruvçisi ballarining örtaçasini çiqariş uçun elektron baza yöq. Şu sabab bu jarayon 100 foiz barça abituriyent uçun işlaydigan holatga kelgandan keyin işlatiladi. Bu yil ham ehtimoli kam. Çunki odingi yillarda tugatgan abituriyentlar soni juda ham köp”, – dedi u.
Xoliqov jarayon keçikayotganining ikkinçi sababi sifatida litsey va kollej bitiruvçilari ballarini qöşiş jarayoni ham köp vaqt olişini aytdi.
“Litsey bitiruvçilari 2 yil öqisa, uni 4 yilligi maktabida qolib ketgan. Yoki kasb hunar maktab öquvçilari bor. Uning 4 yili ham maktabda qolib ketgan. Ya’ni barçasining integratsiyasi töliq yakunlanganidan keyin bu jarayon hisobga olinadi. Öşanda tenglik böladi. Şu sabab bu jarayon orqaga surilyapti, lekin qaçondir işlaydi bu tizim”, – dedi Xoliqov.











