Kun.uz muxbiriga köra, vazir tadbir davomida Özbekistonning suv inşootlari xavfsizligi borasidagi savolga ham javob berdi.

“Ukrainadagi “Kaxovka” GES portlatilişi yana bir bor körsatdiki, suv inşootlari xavfsizligiga katta e’tibor beriş kerak. Ularning har biri bilan favqulodda vaziyatlar sodir bölganda qilinadigan işlar rejasini işlab çiqiş kerak.

Bizda ham barça GESlarimiz uçun ular portlatilgan taqdirda qilinadigan işlar loyihasi mavjud. Bunda Favqulodda vaziyatlar vazirligi nima qilişi, Suv xöjaligi vazirligi, “Özbekgidroenergo” nima qilişi töliq belgilangan.

Xohlagan GESni tanlang, bizni sizni öşa yerga olib boramiz va rejalar bilan taniştiramiz. Biz yaqinda şu böyiça amaliyot ham qilib kördik. Bunda “Çorvoq” GES portladi, deb tasavvur qildik-da, suv neça soatda bizga yetib kelişi, biz qayerga borib dislokatsiya qilişimiz-u, qayerda “palatka” qilib, suvni qanday boşqarişni maşq qildik.

Bunday amaliyot hamma suv omborlari böyiça bor”, – dedi vazir.

Şavkat Hamroyev şuningdek, bunday reja Sardoba falokati vaqtida yöqmidi, degan savolga ham javob berdi.

Sardoba suv omboridagi quriliş hali tugamagan edi. Bu birinçidan, ikkinçidan, bu loyiha bor edi. Keyin eng katta masala, öşa loyihada Sardoba suv ombori uçun 27 mlrd sömlik özgarişlarni nazorat qiluvçi qurilmalar örnatiş rejasi bor edi. Ammo öşa loyihani moliyalaş oxirigaça bormagan edi. Öşa loyiha moliyalanganda suv çiqişni boşlaşi bilan sirenalar çalinardi. Bu tizim oxiriga yetmagandi. Sardoba fojiasining eng katta sabablaridan biri – quriliş oxiriga yetmagandi.

Iş komissiyasi ham, davlat komissiyasi ham körmagan edi. Biz uni tezroq foyda bersin, xalq – jizzaxliklar, sirdaryoliklar qiynalgan, deb uni töldirib işlatişni boşlagandik. Geologiyasi pand berdi”, – dedi Özbekiston suv xöjaligi vaziri Şavkat Hamroyev.