Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norin daryosida ikkinchi GES qurilishi boshlandi
Loyihaga ko‘ra, Norin GES kaskadi 6 ta stansiyadan iborat bo‘lib, har bir GES quvvati 38 MVt ni tashkil qiladi.
Namangan viloyatidagi Norin daryosida umumiy quvvati 228 MVt bo‘lgan Norin Gidroelektr stansiyalari (GES) kaskadi qurilishi loyihasi doirasida ikkinchi GES qurilishi boshlandi. Bu haqda «O‘zbekgidroenergo» xabar berdi.
Qayd qilinishicha, ushbu stansiyalar respublikada birinchi bor to‘lig‘icha «O‘zbekgidroenergo» AJ mablag‘laridan moliyalashtiriladi.

Loyihaga ko‘ra, Norin GES kaskadi 6 ta stansiyadan iborat bo‘lib, har bir GES quvvati 38 MVt ni tashkil qiladi. Loyihaning ishga tushirilishi natijasida yiliga o‘rtacha 1025 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Yiliga o‘rtacha 430 ming xonadon elektr energiyasi bilan ta’minlanadi, yiliga o‘rtacha 277 mln m3 tabiiy gaz iqtisod qilinadi. Shu bilan birga, 130 dan ortiq doimiy ish o‘rni yaratiladi.
Endi GES-2 obektida quruvchilar tomonidan bosqichma-bosqich yer tayyorlash, qurilish-betonlashtirish hamda qurilish-montaj ishlari boshlanadi.
Mavzuga oid
17:37 / 04.06.2026
Namanganda tergovchi va advokat pora bilan ushlandi
10:59 / 20.05.2026
Namanganda atrofi ochiq holatda turgan transformator ustiga chiqqan bola tok urib vafot etdi
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
08:52 / 13.05.2026