Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziya O‘zbekistondagi daryo va kanallarda kichik GESlar qurishi mumkin
O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning Malakoff Corporation Berhad kompaniyasi bosh ijrochi direktori Anvar Shaxrin Abdul Ajib bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Foto: "Dunyo" AA
Muzokaralar chog‘ida mamlakatda energetika sohasida o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Malayziya tomoniga mamlakatda "yashil" energiya sanoati istiqboli, ayniqsa gidroenergiya bo‘yicha foydalanilmayotgan ulkan imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.
Kompaniyaning ulkan tajribasi va salohiyatini inobatga olgan holda, Malayziya tomoniga respublika hududlarida daryo va kanallarda kichik gidroelektr stansiyalarini qurish hamda yirik quvvatli gidroinshootlarni barpo etish loyihalarini amalga oshirish taklif etildi.
Anvar Shaxrin Abdul Ajibning aytishicha, kompaniya Malayziyadagi eng yirik mustaqil energiya ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Umumiy quvvati 8782 MVt bo‘lgan issiqlik va 173 MVt qayta tiklanuvchi elektr stansiyalariga egalik qiladi.
"O‘zbekistonda "yashil" energiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar menda katta taassurot qoldirdi. Mamlakatingiz erishgan natijalar va ulkan rejalardan ilhomlanib, o‘zaro hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish uchun joriy yilda O‘zbekistonga borishni rejalashtiryapmiz" dedi u.
Mavzuga oid
12:24 / 17.03.2026
“Umra plyus” dasturi uchun malay va indonez tillarini biladigan gidlar tayyorlanadi
09:25 / 06.03.2026
Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan sayyohlar uchun subsidiya ajratiladi
19:34 / 11.01.2026
Turoperatorlarga Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan har bir sayyoh uchun subsidiya beriladi
14:43 / 28.12.2025