Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Onam doim aroq ichib, menga azob beradi” – 11 yoshli bola bolalar ombudsmanidan yordam so‘radi
Ichkilikka ruju qo‘ygan ona bir kuni mast holda qarta o‘ynayotganida qarta donasi yerga tushib ketgani uchun pichoq bilan bolaning ko‘krak qafasiga urgan.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil Aliya Yunusovaning shaxsiy qabuliga 11 yoshli bola N.R. buvisi bilan birga kelib, onasi bilan yashaydigan uydan buvisinikiga qochib ketganini, opasi, akasi va singlisi onasi bilan qolganini hamda otasi vafot etganini bildirgan.
Bolaning ta’kidlashicha, onasi doimiy ravishda aroq ichib, unga yomon munosabatda bo‘lib kelgan. Hatto bir kuni onasi bilan karta o‘ynashganida karta tushib ketgani uchun onasi pichoq bilan ko‘krak qafasiga urgan va tanasida pichoq o‘rni iz qoldirgan. Shuningdek, bolakay maktabga bora olmasligini, o‘qishni bilmasligini, buvisi bilan yashashni hohlashini ma’lum qilgan.
16 iyun kuni bola huquqlari bo‘yicha vakil Aliya Yunusova, Bola huquqlarini ta’minlash sektori vakili hamda mahalla xotin-qizlar faoli bilan bolaning murojaatini o‘rganish maqsadida onasi F.R.ning xonadoniga borilgan. Ammo fuqaro F.R. o‘zini odobsizlarcha tutib, xonadon eshigini ochmasdan, barchani haqoratlab, ketishlarini talab qilgan.
Holat yuzasidan tezkorlik bilan hamkor tashkilotlar, jumladan, ichki ishlar organlari xodimlari bilan ishlar olib borilgan. Shu kuni F.R. spirtli ichimliklar ta’sirida bo‘lgani va bu holat ko‘pdan beri davom etib kelayotgani, uyining sanitariya holati qoniqarli emasligi va qaramog‘ida bo‘lgan bolalari qarovsiz qolgani aniqlangan.
Ta’kidlanishicha, o‘rganish natijasida F.R. davolanish uchun tibbiy muassasaga joylashtirilgan. Bolalar onasi davolanib, oilasiga qaytguniga qadar Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilgan.
Mavzuga oid
14:14 / 12.06.2026
Kanada ham bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi
12:53 / 11.06.2026
Mashinada unutib qoldirilgan bog‘cha bolasi dimiqib vafot etdi. Bu Qashqadaryoda bir yil ichidagi ikkinchi shunday hodisa
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
13:52 / 26.05.2026