Jamiyat | 19:20 / 26.06.2023
15135
2 daqiqa o‘qiladi

Kuzatuv kengashlari tarkibiga jamoatchilik vakillarini ham kiritish taklif etildi

Foto: Xalq demokratik partiyasi

Davlat ulushi bo‘lgan yirik ishlab chiqarish korxonalarida shaffoflikni ta’minlash maqsadida kuzatuv kengashlari tarkibiga jamoatchilik vakillarini ham kiritish taklifi berildi.

26 iyun kuni O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi prezidentligiga nomzod Ulug‘bek Inoyatovning Buxoro viloyatidagi saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda nomzod saylovoldi dasturidagi takliflari haqida batafsil ma’lumot berdi. Dasturdan iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha ham qator takliflar o‘rin olgan. Xususan, davlat ulushi bo‘lgan yirik ishlab chiqarish korxonalari kuzatuv kengashlari tarkibiga jamoatchilik vakillarini ham kiritish orqali ularning shaffofligini yanada oshirish nazarda tutilgan.

Shuningdek, Prezidentlikka nomzod dasturida davlat funksiyalarini bosqichma-bosqich fuqarolik jamiyati institutlariga berib borish, shu orqali ularning ijtimoiy faolligini oshirish taklif etilmoqda. Bu tashabbus partiya elektorati, jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy sheriklik asosida xizmat ko‘rsatilishida dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Xalq demokratik partiyasi matbuot xizmati

Mavzuga oid