Xalq demokratik partiyasi yetakçilari 2024 yil 18 oktabr kuni Namangan şahri Uç favvora xiyobonida saylovçilar bilan ommaviy tadbirda yuzma-yuz uçraşdi.
Bayramona ruhda turli soha vakillari, jamoatçilik faollari, keksalar va yoşlar iştirokida ötgan tadbirda Xalq demokratik partiyasining siyosiy kuç sifatida davlat va jamiyat hayotida tutgan örni, ta’siri haqida söz yuritildi. XDPning barça fuqarolar uçun birdek manfaatli maqsad va ğoyalarini qamrab olgan yangi Saylovoldi dasturi keng taniştirildi.

Xususan, partiya aholini arzon uy-joy va sifatli kommunal xizmatlari bilan ta’minlaş, quriliş sohasida samarali nazoratni kuçaytiriş, fuqarolarning Konstitutsiya bilan kafolatlangan har kimning uy-joyli böliş huquqini ta’minlaş uçun arzon uy-joylar qurilişini kengaytirişga qat’iy harakat qilmoqda. Yangi Saylovoldi dasturida “Ijtimoiy turar joylar töğrisida”gi Qonunni qabul qiliş taşabbusi ilgari surilayotgan bölib, unda aholining ijtimoiy yordamga muhtoj qatlamlari, jumladan uy-joysiz, yaşaş şaroiti öta oğir, nogironligi bölgan yoki oila a’zolari orasida nogironligi mavjud ayollar, oilaviy bolalar uylari bitiruvçilari uçun ijtimoiy turar joylar qurişni belgilaş nazarda tutilmoqda.

Şuningdek, quriliş sohasida jamoatçilik hamda Davlat nazoratini kuçaytiriş, qurilişlarda yaşil zona, maktab, boğça, poliklinika, avtoturargoh kabilarni inobatga oliş böyiça talablarni qonun darajasida qat’iy belgilaşga erişmoqçi. Bu betartib qurilişlar oldini olişi barobarida, quriliş jarayonlarini aholiga va atrof-muhitga zararsiz tartibda taşkil etişga xissa qöşadi.

Yangi saylovda Xalq demokratik partiyasi peşqadamlardan bölişni, parlamentda va mahalliy Kengaşlardagi deputatlik örinlarinlaridan salmoqli qismini egallaşni maqsad qilgan. Buning uçun partiyaning tajribasi ham, kuç va salohiyati ham yetarli ekani namanganlik saylovçilar bilan yuzma-yuz muloqotda yana bir bor e’tirof etildi.

Saylovçilar, ayniqsa, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami manfaatlariga xizmat qiladigan taşabbuslar ma’qul kelganini, bepul maslahat beradigan “yuridik klinika”lar tarmoğini rivojlantiriş kam daromadli fuqarolarning buzilgan huquqlarini himoya qilişda advokatura va yuridik xizmatlarning ijtimoiy maqbulligini ta’minlaşda huquqiy yordam bölişi haqidagi fikrlarni ma’qullaşdi.



















