Özbekiston siyosiy sahnasida muhim voqelik röy berdi — Xalq demokratik partiyasi (XDP) rasman özini parlamentda muxolifat deb e’lon qildi. Bu haqda partiya yetakçisi Uluğbek Inoyatov Qonunçilik palatasi yalpi majlisida rasmiy bayonot berdi.
Bayonotda ta’kidlanişiça, ular bu qarorga parlamentda şakllangan "Taraqqiyot bloki" va hukumatning iqtisodiy va ijtimoiy siyosatdagi ayrim yönalişlari bilan kelişa olmagani tufayli kelgan. Taraqqiyot bloki bir hafta avval ÖzLiDeP va “Milliy tiklaniş” demokratik partiyalari orasida tuzilgan edi.
Jumladan, strategik kompaniyalarning xususiylaştirilişi, pensiya tizimida bozor mexanizmlariga ötiş, kommunal tölovlarda ijtimoiy himoya böyiça strategiyaning yöqligi, uy-joy qurilişida fuqarolar manfaatlarini himoya qiliş mexanizmlarining hanuzga qadar işlab çiqilmagani va soliq islohotlarida tabaqalaştiriş prinsipining amalda yöqligi partiyaning keskin tanqidlariga sabab böldi.

XDP fraksiyasi endi qonun loyihalari böyiça muqobil takliflarini kiritiş, hukumat dasturlarini tanqidiy baholaş va parlament nazoratini kuçaytiriş kabi vazifalarni öz oldiga maqsad qilib qöygan. Şunga qöşimça, partiya ijtimoiy tenglik va xalq farovonligini ta’minlaşga qaratilgan ğoya va taşabbuslarini ilgari surişda davom etişini ta’kidladi.
Biroz oldinroq, Oliy Majlis Qonunçilik palatasida parlamentdagi muxolifatning kafolatlangan huquqlarini kengaytirişga qaratilgan qonun loyihasi körib çiqilgan edi. Mazkur qonun özini parlamentdagi muxolifat deb e’lon qilgan siyosiy partiya fraksiyasi uçun kengaytirilayotgan huquq va imkoniyatlardan tölaqonli foydalanişni kafolatlaydi. Xalq demokratik partiyasining özini parlamentda muxolifat deb e’lon qilişi şu voqealar fonida yuz berdi. Muxolifat sifatida faoliyat yuritiş imkoniyati parlamentda turli fikrlarni erkin bildiriş, taklif va yeçimlar orqali qonunlarga ta’sir ötkaziş imkonini beradi.
















