Oldingi saylovlardan farqli ölaroq, bugungi saylovçilar yuqori kayfiyat bilan ovoz berişda faol qatnaşiş uçun nomzodlarning saylovoldi dasturlari bilan tanişmoqda. Viloyat Kengaşi deputatligiga nomzodlar mahallalarda aholi bilan faol muloqotga kirişgan.


Nomzodlar ijtimoiy himoya, ijtimoiy tenglik va ijtimoiy adolat tamoyillarini ustuvor maqsadlar sifatida belgilagan holda, saylovçilarga öz dasturiy ğoyalari haqida ma’lumot berişmoqda.


Xorazmning yana bir hududida, viloyat Kengaşi deputatligiga nomzod Muqaddas Şaripova va Urganç tuman Kengaşi deputatligiga nomzod Rohila Madrahimova Oq oltin mahallasida saylovçilar bilan uçraşdi. Ular partiyaning dasturiy maqsadlari va kelgusida amalga oşirilişi rejalaştirilgan ustuvor vazifalari töğrisida ma’lumot berdi. Şuningdek, barça saylovçilarni saylov kunida Özbekiston XDP va undan körsatilgan nomzodlarni qöllab-quvvatlaşga çaqirdilar.
















