Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sudan maxsus kuchlari ikki kunlik bir tomonlama sulh e’lon qildi
Sukunat rejimi Qurbon hayiti bilan bog‘liq, deya ma’lum qildi Tezkor harakat kuchlari qo‘mondonligi. Sudan armiyasi hozircha RSF bayonotiga izoh bermadi.
Sudan Tezkor harakat kuchlari (RSF) qo‘mondoni Muhammad Hamdan Dagalo 26 iyun, dushanba kuni Qurbon hayiti munosabati bilan bir tomonlama sulh e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sulh 27 va 28 iyun kunlari amal qiladi, biroq o‘zini himoya qilish holatlariga taalluqli emas. Mojaroning boshqa tomoni - Sudan armiyasi Dagaloning bayonotiga izoh bermadi.
Mamlakatning de-fakto amaldagi prezidenti bo‘lgan O‘tish davridagi suveren kengash rahbari Abdul Fattoh al-Burxon boshchiligidagi Sudan armiyasi va RSF o‘rtasidagi janglar 15 apreldan beri davom etmoqda. Tomonlar bir necha bor sulh e’lon qilgan, biroq bunga rioya etmagan.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Sudandagi mojaro kamida 1800 kishining hayotiga zomin bo‘lgan va minglab odamlar yaralangan. 350 000 ga yaqin sudanlik mamlakatni tark etdi, bir millionga yaqin kishi esa o‘z uyini tashlab ketishga majbur bo‘ldi. BMT Sharqiy Afrikada humanitar inqiroz yuzaga kelishi ehtimolidan ogohlantirdi.
Mavzuga oid
09:17 / 20.06.2026
OAV: Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasida sulh tuzildi
18:59 / 29.05.2026
AQSh va Eron kelishuvga yaqin. Vositachilar muhokama qilayotgan 5 muhim masala tafsilotlari
09:30 / 16.05.2026
Isroil va Livan o‘rtasidagi sulh 45 kunga uzaytirildi
07:38 / 05.05.2026