21-22 iyun kunlari Toşkent şahrida “Fintex, banklar va riteyl” PLAS-forumi bölib ötdi. Unda iştirok etgan TAD Industries (inson yuzini taniş tizimlari operatori) texnik direktori Erkin Normatovning sözlariga köra, Toşkent şahrida kiberjinoyatlar 2 yil içida 40 barobarga oşgan.

“Şaharda 2021 yilda 106 ta kiberjinoyat qayd etilgan bölsa, 2022 yilda bunday jinoyatlar 2081 taga, 2023 yilda esa 4332 taga köpaygan. Şu tariqa, Toşkent şahrida körsatilgan davrda kiberjinoyatlarning ösişi 4087 foizni taşkil etdi. Kiberjinoyatlarning asosiy qismini bank kartalaridan pul öğirlaş jinoyatlari taşkil etadi – 2023 yilda 2747 ta holat”, – dedi u.

Kiberjinoyatlar böyiça avvalroq oçiqlangan raqamlar

Içki işlar vazirligi 2022 yil boşida Özbekistonda sönggi uç yilda kiberjinoyatlar 8,3 baravarga köpayib, umumiy jinoyatçilikning qariyb 5 foiziga yetganini ma’lum qilgandi.

Bu jinoyatlar qatorida noqonuniy bank-moliya operatsiyalari orqali özgalarning plastik kartadagi mablağlarini özlaştiriş, zararli viruslar tarqatiş, qimor va tavakkalçilikka asoslangan onlayn öyinlar, diniy aqidaparastlikka qaratilgan axborot xurujlari, onlayn savdo maydonidagi firibgarlik jinoyatlari sanalgan.

Özbekiston Kiberxavfsizlik markazining 2022 yildagi hisobotida aytilişiça, milliy kibermakonda zararli tarmoq faoliyati bilan boğliq 65 million hodisa aniqlangan.

Aniqlangan kibertahdidlarning asosiy turlari

Internet tarmoğining milliy segmentida joylaşgan davlat va xöjalik boşqaruvi organlarining rasmiy veb-saytlarida 855 ta hodisa aniqlangan bölib, buning natijasida davlat idoralarining veb-saytlari umumiy hisobda 1 570 659 daqiqa davomida işdan çiqişiga olib kelgan.

Firibgarlar kibermakonda qanday usullardan foydalanyapti?

Içki işlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi mas’ul xodimi Saidkamol Sodiqovga köra