Kiberfiribgarliklar turlari nimalardan iborat?

Kiberfiribgarliklar internet orqali amalga oşiriladigan turli xil aldovlar bölib, ularni bir neçta asosiy turlarga ajratiş mumkin:

1.Romantik firibgarliklar (Romance Scams). Bu turda firibgarlar odatda, tanişuv saytlari yoki ijtimoiy tarmoqlarda soxta profil yaratadi, emotsional yaqinlik örnatib, işonç qozonadi, turli bahonalar bilan (kasallik, qarindoşining muammosi, aviabilet puli, vizani rasmiylaştiriş va h.k.) pul söraşi mumkin.

Kimlar qurbon böladi?

  • Yolğiz insonlar, yolğizlikni his qilganlar;
  • Munosabat izlayotgan katta yoşli kişilar;
  • Mehribon va işonuvçan şaxslar, köpinça ayollar.

Firibgarlar juda manipulyativ, muloyim, emotsional yondaşadi. Suhbatlar haftalab, oylab davom etadi — inson bu aloqani haqiqiy deb hisoblaydi.

2. Investitsiya va moliyaviy firibgarliklar (Investment & Crypto Scams). Bu turdagi aldovlarda “oson daromad”, “yirik foyda” va’da qilinadi. Firibgarlar özini treyder, investor yoki kriptovaluta mutaxassisi qilib körsatadi. Sizdan avval oz miqdorda pul söraşadi, keyin foyda körsatib, yanada köproq mablağ talab qilişadi.

Kimlar qurbon böladi?

  • Tez boyişni xohlaganlar;
  • Moliyaviy savodxonligi past bölganlar;
  • Odatda, erkaklar va 30 yoşdan yuqori insonlar.

“Qonuniy” vebsaytlar va grafikalar orqali aldovga juda işonçli köriniş berişadi. Ilk tranzaksiyalar "muvaffaqiyatli" çiqqandek körsatiladi.

3. Online shopping scams (savdo aldovlari). Yolğon internet magazinlar yoki ijtimoiy tarmoqlardagi reklamalar orqali "arzon" tovarlar taklif etiladi. Pul tölanganidan söng tovar yetkazilmaydi yoki sifatsiz böladi. Ayrim hollarda şaxsiy ma’lumotlar ham öğirlanadi.

Kimlar qurbon böladi?

  • Internet orqali tez-tez xarid qiladiganlar;