Germaniyada rekord darajada immigratsiya ko‘rsatkichlari qayd etildi
Federal statistika idorasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda Germaniyaga 2,6 milliondan ortiq muhojirlar kelgan. Germaniyaga yashash uchun kelganlar sonining ko‘payishini ekspertlar Ukrainadagi urush bilan bog‘layapti.

Foto: Jens Schicke/IMAGO
Germaniya immigratsiya bo‘yicha rekord ko‘rsatkichni qayd etdi. 27 iyun, seshanba kuni Visbadendagi Federal statistika idorasi xabar berishicha, 2022 yilda 2 million 666 ming kishi yashash uchun mamlakatga kelgan. Xuddi shu davrda Germaniyani 1 204 000 kishi tark etdi.
Shu tariqa, hisobot davrida mamlakatda kelganlar va ketganlar orasidagi farq deyarli 1,5 million kishini tashkil etdi. Bu 2021 yilga nisbatan to‘rt baravar ko‘pdir, o‘shanda muhojirlar soni Germaniyadagi emigrantlar sonidan 329 ming kishiga oshgan va bunday statistika 1950 yilda yuritila boshlanganidan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.
2021 yilda, Federal statistika idorasi ma’lumotlariga ko‘ra, 1 million 323 ming kishi yashash uchun Germaniyaga kelgan va 994 ming kishi mamlakatni tark etgan.
Ta’kidlanishicha, immigratsiya sohasidagi ko‘rsatkichlarning yuqorilashi birinchi navbatda ukrainaliklar oqimi bilan bog‘liq. 2022 yilda Germaniyaga ushbu mamlakatdan 1,1 million fuqaro kelgani qayd etilgan va 138 ming ukrainalik Germaniyani tark etgan. Ukrainaliklar oqimining eng yuqori cho‘qqisi 2022 yilning martidan mayigacha bo‘lgan davrga to‘g‘ri keldi. Shu bilan birga, avgust oyidan beri Ukrainadan Germaniyaga kirganlar soni doimiy ravishda kamayib bormoqda.
Xuddi shu davrda Germaniyaga kelgan va GFRni tark etgan suriyaliklar soni o‘rtasidagi farqni aks ettiruvchi raqamlar oshdi: 2021 yildagi 41 000 ga nisbatan 2022 yilda 68 000 kishi. Xuddi shu ko‘rsatkich Afg‘oniston (2022: plyus 55 000, 2021: 31 000) va Turkiyada (2022: plyus 49 000, 2021:19 000) ham qayd etildi. Mutaxassislar bu hodisani qochqinlar va boshpana izlovchilar sonining ko‘payishi bilan izohlamoqda.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
Jahon | 02:31
-
Shveytsariyada radar tezlikni oshirgan o‘rdakni suratga oldi
Jahon | 01:40
-
NYT: Trampning oilasi aprel oyida kamida 2 mlrd dollarga boyidi
Jahon | 01:09
-
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
Jahon | 23:40 / 14.05.2025
Mavzuga oid

17:44 / 07.03.2025
Tramp fuqarolari AQShga kirishi taqiqlangan mamlakatlar ro‘yxatini kengaytirmoqchi – OAV

12:02 / 24.02.2025
Tramp Germaniyadagi saylovlarning dastlabki natijalariga munosabat bildirdi

10:38 / 24.02.2025
Germaniyada parlament saylovlari. Konservativlar birinchi o‘rinni egalladi

10:01 / 24.02.2025