Şu voqealarga ham yigirma yildan oşibdi. 2002 yil yoz oylari edi. Öşa vaqtlarda Payariq kanalidan paxta dalalariga suv tortib beradigan suv nasosda işlardim.
Bir kuni tuşga yaqin şu dalalarda suvçilik qiladigan Usmon aka kelib.
– Baxtiyor, bugun nasosga bormadingmi? – deya söradi.
– Aka, men keçasi işlayapman, kunduzi nasosga şerigim Şermat aka qaraydi. Nima gap, tinçlikmi?
– Pastki qişloqlik Elmon degan bola itining oyoğini boğlab, suvga otib yuborib ketibdi. It suvda oqib borib nasos quvuriga osilib qolgan, suvdan çiqarib olişga qörqdim. Sen özing bor-da, şu kuçukni suvdan çiqarib, oyoqlarini yeçib qöyib yubor.
– U bola jinnimi? Nega itni suvga taşlagan?
– Aytişiça, tovuq yerkan, qöni-qöşnilarning ham tovuqlarini yeb, hammaning joniga tegibdi. Sen olib kelib boğlab qöysang, hali kuçukbaçça ekan.
– Hozir pastga tuşaman, suvdan çiqarib qöyib yuboraman. Ammo özim kuçuk qilib asrab olmayman, bilasiz bizda ham tovuq köp, tovuq yeydigan kuçuk kerakmas.
Biroz vaqt ötib, kanal yoqasiga tuşdim. Nasos oldiga borsam, beton qirğoq bilan quvur orasiga qisilib qolgan sariq rangli kuçukning boşi suvdan çiqib turibdi. Suvga tuşib tortib, kanal yoqasiga olib çiqdim.
Qattiq sim bilan şunçalik qisib boğlanganidan oyoqlaridan qon sizib turibdi, simni qölim bilan yeça olmadim. Nasos yoniga qurilgan çayla qulfining kaliti doim çöntagimda bölardi. Eşikni oçib içkaridan qisqiç olib çiqib, simlarni kesdim.
Ikki soatdan oşiq vaqt muzdek suvda yotgan kuçukça qaltirab qolgan, oyoqlari uvuşib qolganidan bir qança vaqt joyidan tura olmay yotdi.
Saraton quyoşi qizdiryapti, atrofda tirik jon körinmaydi. Badanidan issiq ötib öziga kelgan kuçukça asta joyidan turdi va yonimga keldi.
– Bir marta ölib tirilding, endi boşqa heç qaçon tovuq yema, keyin Elmonning uyiga ham qaytib borma, keyingi safar u seni osadi, – dedim közlari möltirab menga qarab turgan kuçukka. – Xohlagan tarafingga ket, endi ozodsan, – şunday deb çaylaga qisqiçni qöyiş uçun kirib ketdim.
Özimizning tomorqaga suv çiqarib beradigan kiçkina suv nasosimiz şu çayla içida, bir kun oldin buzilgan edi. Şu nasosni tuzatiş uçun işga kirişdim. Iş bilan bölib kuçukça esimdan ham çiqibdi, bir soatça vaqt ötib taşqariga çiqsam u şu joyda issiq tuproqda yotibdi.












