Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI qochqinlar uchun yangi qoidalarga oid deklaratsiya bo‘yicha kelisha olmadi
Vengriya va Polsha qochqinlarni Yevropa Ittifoqi davlatlari o‘rtasida taqsimlashning yangi mexanizmini tanqid qilmoqda. Yevropa Ittifoqi davlatlari Ichki ishlar vazirliklari rahbarlari avvalroq boshpana berish tartibini isloh qilish bo‘yicha murosaga erishgan edi.
Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar Bryussel sammiti chog‘ida yangilangan boshpana siyosati bo‘yicha qo‘shma deklaratsiya chiqara olmadi. 30 iyun, juma kuni Vengriya va Polsha hujjatni amaldagi tahrirda qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortdi. Xususan, Varshava va Budapesht Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar o‘rtasida boshpana izlovchilarning oz sonini taqsimlashni nazarda tutuvchi rejalashtirilgan birdamlik mexanizmini rad etdi.
Polsha tushuntirish talab qilib, «qochqinlarni qayta taqsimlash tartibi ixtiyoriy bo‘lib qolishi kerakligi ko‘rsatilishi lozim»ligini bildirdi, deb tushuntirdi bosh vazir Mateush Moravetskiy. Biroq Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlari bunday taklifni rad etdi.
Belgiya bosh vaziri Aleksandr De Kroo bloklangan qo‘shma deklaratsiyadan afsusda ekanini bildirgan. Shu bilan birga, Germaniya kansleri Olaf Shols barcha manfaatdor tomonlar qonunga rioya qilishiga ishonyapti. Berlin vaziyatdan ortiqcha xavotirda emas, chunki kelishuvlarni amalga oshirishning turli yo‘llari bor, deya tushuntirdi Germaniya hukumati rahbari Bryusseldagi sammitdan keyin.
Iyun oyi boshida Yevropa Ittifoqi ichki ishlar vazirlari boshpana va vaqtinchalik himoya tartiblarini isloh qilish bo‘yicha murosaga keldi. O‘zgarishlar muhojirlar oqimiga duch kelgan mamlakatlar uchun birdamlik mexanizmini taqdim etadi.
Ushbu mexanizmga ko‘ra, har yili kamida 30 000 boshpana izlovchi Yevropa Ittifoqi davlatlari o‘rtasida joylashtirilishi mumkin. Qochqinlarni qabul qilishni istamagan davlatlar har bir rad etilgan boshpana izlovchi uchun taxminan 20 000 yevro miqdorida tovon to‘lash huquqiga ega.
Mavzuga oid
08:53 / 23.06.2026
Starmer iste’fosidan so‘ng YeI – Buyuk Britaniya sammiti qoldirildi
08:58 / 19.06.2026
Orbansiz sammit: YeI Ukraina bo‘yicha yagona pozitsiyaga keldi
08:22 / 19.06.2026
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni ilk bor bir yilga uzaytirdi
09:45 / 16.06.2026