Ammo sir emaski, oilalarda ayol-erkak rollari almaşib qolgan holatlar uçrab turadi. Aynan şunday bir oila va uning fojiali taqdiri qoraqalpoq yozuvçisi Muradbay Nizanovning “Aqçagul” asarida aks etgan.
Syujyet:
Asar Aqçagul ismli uç bolali ayolning köçada manti sotib yurişi bilan boşlanadi. Bu ayol öz vaqtida ovulining eng çiroyli, közga yaqin, aqlli qizi edi. U sinfdoşi Nurjanni yoqtirardi. Vaqtiki kelib, ular 17 yoşga yetganda turmuş qurdi. Nurjan ovulning eng zör traktorçisi hisoblanib, köplab yutuqlarga erişadi. Ammo ovul oqsoqolining ğayirligi sababli, adolatsizlikka uçrab ovulni tark etişga majbur böladi.
Oilasi bilan kelgaç Nurjanni şahar ham quçoq oçib kutib olmaydi. Ijarada yurib ham köp ozor çekişadi. Iş izlaşdagi sarson-sargardongarçilikdan söng Nurjan obodonlaştiriş idorasiga işga kiradi. U yerdagi eski traktorni ta’mirlab, mina boşlaydi. Ammo falokat oyoq ostida, deganlaridek bir falokat böladi-yu, hammasi butkul özgarib ketadi. Obodonlaştiriş işçilari Nurjanning traktori bilan terak butaşga çiqadi. Yöl çetida turgan traktorga “Kamaz” kelib uriladi. Traktor telejkasining ustidagi ikki kişidan biri öşa yerda vafot etadi, boşqasi esa yaralanib, kasalxonaga tuşadi.
Nurjanni beş yilga “kesişadi”. Qamoqda köp azoblangan Nurjan uyiga umuman boşqa inson bölib qaytadi. Loqayd, beparvo. Hammasiga qöl siltagan dangasaga aylanadi. Bora-bora xotinining boqimandasi böliş darajasiga yetadi. Aqçagulning amal-taqal topib kelgan puliga butun oila köz tikib ötirardi.
Kunlardan bir kun Aqçagul bir idoradan iş topadi. Taşkilot rahbari esa Aqçagulning tanişi – Saqbay bölib çiqadi.
Maktab davrida Saqbay Aqçagulning ketidan soya bölib yurardi. Qiz esa unga parvo qilmaydi. Bu tabiiyki Saqbayning ğururini örtaydi. Yura-yura Aqçagulni eritolmagaç “hap senimi” deydi-yu, qayta köriniş bermaydi. Mana endi yillar ötib ular körişdi.
Saqbay Aqçagulni tuzukkina lavozimga joylab qöyadi. Aqçagul avvaliga qörqadi. Saqbayning ilgargi surbetliklari hozir ham yöqmikan degan öyda böladi. Ammo ança vaqt ötsa hamki Saqbay Aqçagulga ortiqça biror söz ham, noörin qaraş ham qilmayotganini sezgaç köngli tinçiydi. Ilgargi noçorlikdan çiqib, moliyaviy ahvolini tiklab olgan, hatto qizini çet elga öqiş uçun jönatgan Aqçagul işlaşda davom etadi.
Ammo şundoq bir kun keladiki, Aqçagul Saqbayning tuzoğiga baribir ilinadi. Öz xohişi bilanmas, albatta. Bu vaqtda Nurjan ança öziga kelib qolgan, çet elga işlaşga ketgandi. Erkak mehrini, e’tiborini soğingan ayol avvaliga bilmay tuşgan tuzoğiga endi ixtiyoriy bir neça bor tuşib köradi. Oqibatda homilador böladi.
Qilgan gunohidan ökingança çet eldagi qiziga xat yozadi. Xatida hammasiga iqror böladi va qiziga nima bölgan taqdirdayam öqişi kerakligini, jamiyat uçun foydali, öz yölini topgan ayol bölib yetişişi lozimligini tayinlaydi. Şundan söng öz joniga qasd qiladi...
Tahlil:
Kitobxon, albatta, birinçi navbatda Nurjanni ayblaşi tabiiy. Axir erkak bölgandan söng oilasining ta’minotini qilib qöyişi, ayolining köçalarda tentirab yurişiga yöl bermasligi lozimmasmidi? Albatta, oila ta’minoti birinçi navbatda erkakning gardanida. Ammo hayotning ketma-ket adolatsiz zarbalari Nurjanning irodasiga putur yetkazdi. Ortiq darajada zulm insonni yo kuçli qiladi, yoki yerparçin aylaydi. Nurjan şunaqa “yerparçin”ga aylandi.
Ovuldan nohaq quvilişi, şaharda tinmay turtkilanişi, traktor bilan boğliq hodisada aybsiz aybdor bölişi, qamoqdagi 5 yillik öziga ayon azoblar uni xotini sigaret olib kelmasa, janjal qilar darajaga yetkazib qöygandi. Endi u uçun butun dunyo adolatsiz, hamma odam xudbin, jamiki oilalar baxtsiz bölib körinayotgandi. Ayni şu omillar uni zaif, loqayd, qölni yuvib, qöltiqqa urgan holatga keltirgandi.
Aqçagul avvaliga eriga yordam beriş maqsadida işlab yurdi. Ammo borib-borib Nurjandan umidi uzilgaç, rözğorning butun taşvişini öz zimmasiga olişga majbur böldi. U erini şu holiça, boriça sevardi. Unga erining boqimandaligi sira malol kelmasdi. Çunki erining tabiati aslida boşqaçaligini, yigitligida öta ğururli bölganini, hayot uni şu holatga solib qöyganini yaxşi bilardi, Nurjanga açinardi.
Agar Saqbay bilan işlaşning oqibati şunday tugaşini bilganda ölaqolsa rozi bölmasdi. Hatto bir neça bor işdan böşaşniyam öylab körgandi. Ammo Aqçagul ham ayol. Eri unga oxirgi marta qaçon iliq, otaşin tarzda munosabatda bölganini eslolmaydigan darajaga kelgandi. U şirin sözlarni, kuçli qöllarni soğingandi. Tez taslim böldi.
Saqbay singari ölja poylagan börilar hayotda har doim topiladi. Undaylarni oilaning muqaddasligi ham, birovning haloliligi ham qiziqtirmaydi. Öz nafsini öylovçi, kimdirning çorasizligidan çora topuvçi, fursat poylovçilar hayotda köp uçraydi. Aqçagul singari sodda va samimiy insonlar bunday badbin yirtqiçlarning öljasi.
Aqçagul qizi Arzayimga bejiz öqib, yölingni topgin demagandi. Ayol kişi öqisa, hunarli bölsa, el-yurt kezib diydasi qotsa öz fikriga ega böladi. Köçalarda sarson bölmaydi. Yölini, haqqini oson topadi. Jur’atli, irodali ayollarning qarşisida Saqbay singari yirtqiçlar şoqol singari past körinadi. Unça munça iflos panjalar mustaqil va dadil ayolga çözilavermaydi.
Bundan taşqari Arzayim onasiga yozgan xatida çet elni va u yerdagi insonlarni ta’rif etadi. Ularga havas qiladi. Bu xat ham asarda bekorga keltirilmagan. Yozuvçi bu orqali ta’lim-u tarbiyada öz yurtining biroz oqsayotganinini, agar çet elning ayrim ilğorliklaridan örnak olinsa, oilalar bunday noçor holatga tuşib qolmasligini qistirib ötmoqçi böladi.
Oila muvozanatini saqlaş oson emas. Bu vazifaga barça a’zolar birdek kirişişi lozim. Qaysidir biri vazifasidan böyin tovlasa yoxud bajarmay qöysa katta fojialar sodir bölişi heç gap emas.
Gulasal Qodirova
Muallif fikr tahririyat nuqtai nazarini ifodalamasligi mumkin












