«Çempion hikoyalari». Edegor otasi, Madriddagi aççiq tajriba va Venger bilan suhbatlar haqida
|16:52 / 03.07.202327 95019 min
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
Pep Gvardiola şogirdlari yana mamlakat çempioni bölişdi, ammo mavsum köproq «Arsenal»ning yoş futbolçilariga ataldi, deyiş ham mumkin. Ulardan biri Martin Edegor. Jamoa sardori, hujumlarning asosiy «motori», hali yoş bölsa-da, ançadan beri taniymiz. Quyida öz vaqtida tengqurlari içida eng çöqqida faoliyatini boşlagan, keyin esa, e’tibordan çetda qolib, yana öşa çöqqi sari, yanada qiyinroq yöldan odimlayotgan norvegiyalik vunderkindning hayot hikoyasi keltiriladi.
Meni doim «Arsenal» bilan nimadir boğlab turardi. Bu Londonga kelişimdan ança oldin röy bergan. Qanday tuşuntirişni ham bilmayman, yaxşisi kiçik bir voqea bilan izohlay qolay.
Videoöyinlarga unçalik qiziqmaganman. Asosan köçada öynab ulğaygan avlod vakiliman, faqat FIFA öyini mustasno. Men doim «karera» rejimida öynardim. Doim «Arsenal»ni boşqarişni tanlardim. «Arsenal» mening bu öyindagi jamoam bölgan.
Norvegiyada ulğayganim uçun APLni köp tomoşa qilardim va «Arsenal» haqida doim yorqin tasavvurlar bölgan. «Yengilmaslar» va Anri bilan boğliq köp lavhalarni körganman. Bu klubda Fabregas, Özil, Nasri kabi haqiqiy pleymeykerlar töp surganini tomoşa qilganman. Juda aqlli, töpni yaxşi nazorat qiladigan va juda qiyin uzatmalarni amalga oşira oladigan futbolçilar. Aynan menbop.
Biroz ulğaygaç, 2015-yillarda men ham FIFA’da paydo böldim. Boşida özimga unça öxşamasdi, eslaşimça, körsatkiçim ham 67 atrofida bölgan, ammo mavjud bölganimning özi ham katta voqea. Tabiiyki, birinçi qilgan işim – Arsen Venger sifatida özimni «Arsenal»ga sotib oldim. Xa-xa-xa!
Men va «Arsenal». Bu miyamda juda yaxşi uyğunlikda körinardi. Ikki yil oldin klub bilan şartnoma imzolaganimdan keyin hammasi haqiqatga aylandi. Bu hayotimni özgartirib yuborgan qaror edi. Axir bu öyin emas, hayot, bu yerda hammasi murakkab, şunçaki, manzilni tanlab, u yerda paydo bölişning imkoni yöq.
Odamlar öşa ösmirlik davrlarim, atrofimda tentagona şov-şuv kötarilgan paytlarda özimni qanday his qilganim haqida bilişni istaşadi. Oçiği, nima deb javob berişni bilmayman. Biroz ğalati, ammo öşa paytlarda hammasi odatiydek köringandi. Buni töliq his qiliş uçun balki yoş bölgandirman, balki sodda, tuşunyapsizmi?
Öylaşimça, men haqimda yozilgan, aytilganlardan özimni uzoqroq tutgandek, qandaydir ihotalangan hayotni boşdan keçirganimni tasavvur qilişadi. Aslida unday bölmagan. Özim haqimda yozilgan barçasini öqib çiqardim. Lekin bilasizmi, ha bu yaxşi, yomon emas, qabilida qabul qilardim, xolos.
Mavzuga oid
Atrofimda yaxşi oila, döstlarim, yaxşi hayot edi. Şunçaki, futbolni yaxşi köradigan bolakay edim. Dremmendagi uyimiz oldida sun’iy qoplamali stadion bölardi, butun bolaligim öşa yerda ötgan. Ba’zida, uyimga qaytayotganimda, u yerda öynayotgan bolalarni köraman – şunçaki, çaqçaqlaşib, töp tepib turişadi. «Hey, töxta, biz bunaqa öynamasdik, qoronği tuşgunça hayot-mamot jangini taşkil qilardik», – degim keladi. Hammasi jiddiy bölgan.
Yana bir omadim kelgani, otam Gans Erik, bolalikda töp surgan «Dremmen Strong»da, keyin «Stremsgodset»da murabbiyim ham edi, ulğaygunimça şaxsiy ustozim ham bölgan. U Norvegiya oliy divizionida yarihimoyaçi sifatida töp surgan. Bolalar bilan öynamagan paytlarimda, tabiiyki, otam bilan şuğullanardim.
Balki, bunday hikoyalar sizga taniş – qattiqqöl ota öğlini har kuni şuğullanişga majbur qiladi. Aslida esa, hammasi teskari bölgan. Doim men uni majbur qilardim. Axir boşqalarning otasi bilmagan narsani u biladi, u futbolçi, menga örgatişi kerak-da, töğrimi?
U ayniqsa tezkor va aqlli öynaşim kerakligini ta’kidlardi. Doim töpni qabul qilişdan oldin atrofimga qarab, vaziyatni baholaşimni talab qilgan. Qişda, köçada öynaş mumkin bölmagan paytlarda şu maşğulotni takrorlardik – u taşqaridan turib töpni menga taşlaydi va darhol meni ta’qib qilişni boşlaydi. Men hali töpni qabul qilmasdan buni his qilişim, moslaşişim lozim. Agar hozir ham, men töpni qabul qilayotib himoyaçini doğda qoldirayotganimni körsangiz, bilingki, bu öşa sportzaldagi maşğulotlar natijasi. Bu mening otam.
13 yoşimda «Stromsgodset»da debyut qildim.
15 yoşimda Norvegiya milliy jamoasida maydonga tuşgan eng yoş futbolçiga aylandim. Ana öşanda barçaning e’tiboriga tuşdim.
Bolgariyaga qarşi Yevro-2016 saralaş öyinining sönggi 20 daqiqasida öynadim. Oslodagi stadionda, yigirma mingdan ortiq muxlis meni olqişlar, töp har safar menga yetib kelganida qarsaklarga kömib yuborişgandi. Öşa ovoz hozir ham quloğim ostida jaranglaydi.
Gap şundaki, Norvegiyada ançadan beri haqiqiy superyulduz bölmagandi. Odamlar Dremmendan çiqqan yoş bolakay haqida eşitişgan, tabiiyki, men haqimda bilişmasa ham, menga işonişni, umid qilişni istaşgan, olqişlarning sababi ham şu. Keyin esa, «Real» paydo bölişi hammasini yanada köpirtirib yubordi.
Klublar bilan asosan otam gaplaşgan. «Bavariya», «Borussiya», «Mançester Yunayted», «Liverpul», «Madrid», «Arsenal»... Hammasiga bordik. Alohida samolyotda klublarni aylanar, özimizni boşqaça insonlardek his qilardik.
Eslaganimning sababi, aslida öşandayoq «Arsenal»ni tanlaşim mumkin edi. Bu yerga kelganimda Kolnida maşğulot ötadik, Arsen Vengerni uçratdim. U men va otamni keçki ovqatga taklif qildi. Biroz ğalati, lekin ajoyib edi. Arsen Venger kimligini bilasizmi özi? U afsona, uni televizorda körardim, endi esa, qarşisida steyk yeb ötiribman. Ança asabiylaşganman, balki hozir ham meni tekşirayotgandir, agar kartoşka yesam, men haqimdagi fikri özgarib qolsa-çi, degan öylar tinç qöymagandi.
Xöp, unda nega «Real Madrid»?
Men bu haqida otam bilan ham, oiladagi boşqalar bilan ham köp gaplaşdim. Xullas, Madrid baribir Madrid. Dunyoning eng yaxşi futbolçilari töp suradigan jamoa, Çempionlar Ligasi ğolibi. Öşa paytlarda Iskoni juda yoqtirardim. Keyin, ularning taklifining yaxşi tomoni şu ediki, men birdaniga «B» jamoada asosiy tarkibda öynab ketişim mumkin edi. Jamoa murabbiyi esa... Zidan. Bundan ortiğini öylaş qiyin.
«Martin sizlarga ötişga qaror qildi, agar haliyam xohlayotgan bölsangiz» – mana şu smsni otamning telefonida yozib, bir-ikki hafta saqlaganmiz. Nihoyat bir kuni, «Real»ning öyinini televizorda körib ötirib, otam men tomonga ögirildi va söradi – «jönataveraymi?»
«Ha», dedim.
Bizni Norvegiyadan olib ketiş uçun samolyot jönatişdi. Tasavvur qiling, yuvinişgayam ulgurmay, qölimga ilingan kiyimni ustimga ilib, yana nimalarnidir sumkamga solib yölga çiqdim. Mayli, hozir Madridga boraman, mehmonxonada yuvinib, özimga qarab olişga ulguraman. Qayoqda?
Samolyotdan çiqişimiz bilan maşğulot maydoniga olib ketişdi, aftidan, hoziroq tibbiy körik, keyin matbuot anjumani...
«Töxtanglar, biz nima qilamiz hozir?»
Yonimda Madrid afsonasi Emilio Butregeno ötiribdi. Ular meni hozir dunyoga namoyiş qilişadi.
Rasmlarni körgan bölsangiz kerak. Eski yöl-yöl jyemperda, qöllarim bilan kir soçimni epaqaga keltirişga urinayotgan men. Hayotimdagi eng muhim kun, «Real» barça klublarni ortda qoldirib men bilan şartnoma imzolayapti, men esa, stadionga majburan yetaklab olib kelingan maktab bolasidek turibman.
Bilasizmi, bu holat menga Norvegiyadagi bir an’anani eslatdi. Şunaqa marosim bor, bolaning ulğayişini nişonlaşadi. Masalan, bola öz yaqinlari, qarindoşlari, döstlari oldida qanaqadir nutq ham sözlaydi oxirida. Meniki ham 15 yoşimda bölgan. Ança uyatçan bölganim uçun hatto öz oila a’zolarim orasida ham nima deyişni bilmay, özimni noqulay his qilganman. Endi esa, bir yilgina ötib, «Real»ning matbuot anjumanidaman. Buning ustiga yöl-yöl jyemperda. Dahşat.
Menimça, yuzimdagi qörquvni siz ham sezgan bölişingiz kerak.
Navbat menga keldi. Katta quloqçinlarni taqaman-da, norveg tilida bir nimalar deya boşladim – «ha, bu katta yutuq, men faxrlanaman.. va hokazolar».
Zörmi? Bir tomondan balkim, bu holat odamlarning meni qabul qilişida yordam berdi, deb ham öylayman. Qiziq, maşhur bölişing bilan odamlar sendan har jabhaga mos bölişni talab qilişadi, göyoki, men futbolni yaxşi öynaymanmi, demak, yaxşi gapirişim ham kerak, özimga işonçim ham katta bölişi şart. Şunga öxşaş. Lekin bu imkonsiz.
Öşa matbuot anjumani odamlar uçun men oddiy, 16 yoşli uyatçan bola ekanimni ham körsatib berdi. Klublar orasida yurib, öziga jamoa tanlagan qandaydir robot emas, oddiy bolakay.
Taqdimotdan bir neça kun ötib, birinçi marta maşğulotga bordim. Hali maşina miniş bilmayman, tasavvur qiling, otam xuddi meni maktabga olib borayotgandek Ronaldu, Isko, Ramos, Modriç, Beyl, Benzemalar bilan şuğullangani olib kelmoqda.
Boşim ğovlab ketgan. Bu yulduzlar kiyim almaştiriş xonasiga kirganimda meni qanday qabul qiladi? Ispançada gapirişni bilmaydigan oddiy bolakay bölsam. Lekin hammasi juda muloyim edi, hatto inglizçani biladigan Kroos, Modriç va Ronaldu menga boşida ğamxörlik qilişdi ham. Köp maslahatlar berişardi. Lekin rostini aytsam, 16 yoşli bolakay jamoada ularning örnini olib qöyişi mumkinligini xayollariga ham keltirmagan, nazarimda.
Kelişuvga köra, men asosiy jamoa bilan doimiy maşğulotlarga qatnaşaman, ammo «B» jamoada öynayman. Bu öz holiça aqlli yeçim edi, ammo öylaymanki, har ikki tomonda ham öz örnimga ega bölolmadim. Ikkinçi jamoa maşğulotlarida qatnaşmasdim, tabiiyki, şeriklarim bilan özaro tuşuniş qiyin keçardi, asosiy tarkibda esa, faqat maşğulotlarda qatnaşar, özimni autsayderdek his qilardim. Orada qolib ketdim.
Öyinimdagi öt yöqoldi, qaysidir muddat öta ehtiyotkorlik qilar, xato qilişdan qörqardim. Şu paytgaça öyinni özgartiriş, qiyin uzatmalarni amalga oşirişga örgangan futbolçi sifatida bu holat menga qiyin edi. Özimni yöqotib qöygandim. Ança yoş bölsam ham tuşundimki, maydonda haqqoniy böliş şart ekan. Ma’lum vaqt ötib, ösişdan töxtadim.
Matbuot esa, meni ta’qib qilişni kuçaytirdi. Oson nişon edim. Bir sarlavhani qarang – «Martin Edegor uçun hal qiluvçi palla keldi». Faoliyatimda buriliş nuqtasida turgan ekanman. Menmi? Hali 18 yoşli bola!
Balki, agar ispan bölganimda menga ösiş uçun köproq vaqt bergan bölişardi. Rostini aytsam, bilmayman. Zamonaviy futbolning örtasi yöq, yo eng zör futbolçisan yoki heç kim. Bilasizmi, aslida men «Real»dagi faoliyatimdan nolimoqçi emasman. Heç qaçon. Men u yerda çöqqiga çiqiş yöllarini örgandim, dunyoning eng zör futbolçilaridan dars oldim. «Bernabeu»da maydonga tuşdim. Yanayam qat’iy bölişni, qiyinçiliklarni yengişni örgandim. Şu darajaga kelişimning asosiy sabablaridan biri ham şu.
Bir paytlar dunyodagi har qanday klublar içidan tanlaş imkoniyati bor edi, ikki yil ötib esa, endi men uçun navbatda turişmaganini his qildim. Agar FIFA’dagi «karera» rejimida «Real»dan «Herenven»ga ötsangiz, nimadir notöğri ketgan böladi. Erediviziyani tanqid qilmoqçi emasman. Rostini aytganda, ajoyib tajriba ham böldi. Asosiy tarkibda muntazam öynaş orqali, avval «Herenven»da şaxsiyat sifatida, keyin «Vitess»da futbolçi sifatida ösdim.
Herenvenda haydovçilik guvohnomasini oldim, mas’uliyatni his qilişni örgandim, «Vitess»da esa Leonid Slutskiy bilan tanişdim. U ajoyib edi. U mening iqtidorimga işonar, şu bilan birga doim sehrgarlik talab qilmasdi. U menga maydonda töğri qaror qabul qiliş hamda jamoa uçun öynaşni örgatdi.
Niderlandiyadagi ikki yarim yillik faoliyatdan söng, La Ligaga qaytiş va «Real Sosedad»da kamida ikki yil töp surişga tayyor edim. Ammo biroz boşqaça böldi. «Sosedad» ajoyib muxlislarga va muhitga ega bölgan jamoa, qaysidir jihatdan bask madaniyati Norvegiyaga ham öxşab ketadi. Xalqi biroz sovuqqon va bosiqdek körinadi, lekin qalbiga yöl topsangiz, siz uçun borini beradigan odamlar. Siz ham ulardan biriga aylanasiz. Men u yerni yaxşi körib qoldim.
Men yaxşi öynadim va juda baxtli edim. Ammo bir yil ötib «Madrid»dan qönğiroq bölganda, bu imkoniyatdan foydalaniş kerakligini tuşunib turardim, axir 16 yoşdan beri meni ta’qib qilayotgan orzu. Buning ustiga, Zidan bilan juda yaxşi munosabatdaman, Madriddaligimda menga ança ğamxörlik qilgan, bu safar hammasi yaxşi bölişiga işondim.
Keyin esa, kovidga çalinib qoldim. 2020/21 yillar mavsumining ilk öyinlarida qatnaşdim, ammo töliq tiklanib ulgurmagandim. Özimni yaxşi körsata olmadim, keyin esa, boşqa imkoniyat berilmadi. Umuman. «Real Sosedad»ning öyinlarini tomoşa qilar va ular içida bölişim mumkinligi haqida ham öylay boşlagandim.
Qişki transfer oynasi yaqinlaşa boşlagaç, agentimga nimanidir özgartirişni ayta boşladim: «Biror narsa qiliş kerak, men şunçaki bu yerda böliş uçun qaytmadim. Men öynaşim, yana ösişim kerak».
U menga biroz sabr qilişni maslahat berdi, bir taklif uçun boşqa şartnomani buzganimizni eslatdi. Men tabiatan ança barqaror insonman, ammo beş oy ötib yana qarorimni özgartirişga majbur ekanimni tuşunib turardim. Qarorim qat’iy.
Madriddan minnatdorman. Ular 16 yoşli bolaga katta pul sarflaşdi, albatta, yaxşi niyatda edilar. Heç kimni ayblamayman, ammo men doimiy yaşaş va öynaş uçun öz jamoamni topişim kerak. Haqiqiy uy kerak. Şu tariqa, Şimoliy Londonga kelib qoldim.
Agentim «Arsenal»ning qiziqişi haqida gap oçişi bilan yoşlikdagi xotiralar uyğonib ketdi. Telefon orqali Arteta bilan gaplaşganimda, u menga loyihasi haqida aytib berdi. Öşa paytlarda klubdagi işlar u qadar yaxşi emasdi. Çempionatda ham quyi poğonalarda borişardi. Lekin bilasizmi, şu holatda ham Arteta meni sehrlab qöygandi. Rostini aytsam, u bilan köp gaplaşmang. Gipnoz qilib qöyadi. Tuşuntiriş qiyin. U juda ehtiros bilan gapiradi, biroz tentakroq, xuddiki, nimaiki desa, albatta, sodir böladigandek işona boşlaysiz. U menga öz rejalari haqida aytib berdi, jamoada nimani özgartiriş lozimligini aniq bilişini tuşuntirdi. Saka, Martinelli, Smit Rou kabi ajoyib yoş futbolçilar haqida hikoya qildi. Ularning orasiga meni qanday qöşmoqçi ekanini tuşuntirdi.
Aslida bunçalik harakat qiliş ham şart emasdi, menimça. Ijtimoiy tarmoqlarda «Arsenal» muxlislaridan juda köp xatlar oldim. Nafaqat men, hatto döstlarim, oila a’zolarimga ham yozişar, «Martinga ayt, «Arsenal»ga ötsin», qabilida ularni ham bezor qilib taşlaşgandi. Hatto men tarmoqlarda belgilagan notaniş insonlar ham şu ma’nodagi xatlarni menga körsatişardi. Dahşat.
Aytişim mumkinki, kelgan paytimdan buyon fanatlar özlarini ajoyib tutişmoqda. Köpçilik futbolçilarga ta’siri yöq, deb bilişadi, ammo bu juda muhim. «Emireyts»dagi har bir harakatingiz xuddi gol urgandek olqişlanadi. Bu esa, futbolçiga qöşimça işonç baxş etadi.
Ilk mavsumimni (2020/21 yillar) 8-örinda tugatdik, ammo klubda heç kim töğri yölda ekanimizga şubha qilmadi. Hamma bizga işonardi. Hatto ötgan mavsum oxirlarida Çempionlar Ligasi yöllanmasini boy berganimizda ham, biz kuçliroq, tajribaliroq bölib qaytdik.
Çempionlik uçun kuraşdik. Faqat bir narsa aytaman, agar kimdir bu jamoaga töliq işonmasa, bilib qöying, biz erişişimiz mumkin bölmagan çöqqi yöq. Boşqaça öylay olmayman.
Mana şunday jamoa sardori ekanimdan faxrlanaman va bu yerda uzoq vaqt bölişimni his qilaman.
Boxing Day’da «Vest Hem» ustidan ğalaba qozonganimizdan söng, Arsen Venger bilan suhbatlaşiş baxtiga muyassar böldim. Öşa keçki ovqat, steyk va kartoşka ustidagi suhbatdan söng, birinçi körişişimiz edi. Biz yaxşi gaplaşib ötirdik, u meni «Real»ni tanlaganimdan söng ham e’tibor bilan kuzatganini aytdi. Ma’lum davrda muammolar borligini u ham sezgani va nihoyat özim uçun kerakli muhitda ekanimdan xursand ekanini aytdi.
Ha, u juda sezgir. Norvegiyani tark etganimdan buyon, har bir qadamim özim uçun vaqtinçadek tuyulardi. Menga öşa barqarorlik yetişmas, yaşagan joyim, öynagan jamoalarimga nisbatan qandaydir çuqur riştani his qilmasdim. Bu juda muhim.
Endi esa, «Emireyts»da şeriklarimni maydonga boşlab tuşar ekanman, bu on özim bilan qoladi. Har safar etim junjikadi.
Közimni yumaman-da, bolaligimga, Dremmendagi sun’iy qoplamali maydonga qaytaman. Öşa bolakayga bugungi holatim rasmini körsatib, «bu sening kelajaging» deyilsa bormi... U buning uçun ölişga tayyor bölardi, işonavering.
Bu juda qiyin va uzoq yöl edi, ammo hamon orzularim bilan yaşayman.