Kun.uz muxbiri – Islom moliyasi böyiça AAOIFI sertifikati sohibi, Madina Islom universiteti magistranti Mahmud Usmon hamda Toşkent davlat yuridik universiteti “Biznes huquqi” kafedrasi mudiri, yuridik fanlari doktori Husayn Rajabov bilan suhbatlaşdi. Mutaxassislar Islom moliya tizimi va uning dunyo iqtisodidagi örni, Özbekistonda Islomiy banklar oçiş, qonunçilikda kutilayotgan özgarişlar haqida söz yuritadi va ularga öz tavsiyalarini berdi.
— Özbekistonda Islom moliyasining darajasi qanday? Bu tizim işlab ketişi uçun nimalar tösqinlik qilyapti va qanday imkoniyatlar bor?
Husayn Rajabov:

— Islom moliyasiga Özbekistonda ehtiyoj bormi, degan masalada sörovnomalar ötkazilgan. 2 mingdan ortiq biznes vakillari, 5 mingdan ortiq jismoniy şaxslar iştirok etgan va natijaga köra, biznes vakillarining 38 foizi, jismoniy şaxslarning 56 foizi öz diniy qaraşlari tufayli an’anaviy banklarga murojaat qilmasligini aytib ötgan. Bu kiçik raqam emas. Kiçik va örta biznes moliyalaştirişga katta ehtiyoj sezadi. Lekin yuqorida aytganimizdek, köpçilik diniy qaraşi tufayli riboga asoslangan davlat kreditlaridan foydalanmaydi. Aholining 15-20 foizi an’anaviy banklar tizimidan foydalanmaydi, bu esa islomiy banklarga ehtiyoj borligini körsatadi. Prezidentimiz ham Namangandagi uçraşuvda islomiy moliya tizimini qöllab-quvvatlaşi haqida gapirdi. Hukumat doirasida ham islom moliyasiga e’tibor borligini köriş mumkin. Sörovnomalardagi islomiy banklardan foydalanasizmi degan savolga 60-70 foiz kişi foydalanişga tayyor ekanligini bildirgan. Aholimizning aksar qismi musulmon bölgan holatda islom moliyasini joriy qiliş muhim ekanini köriş mumkin.
Mahmud Usmon:

— Tor ma’nodagi bank faoliyatidagi islom moliyasi nuqtai nazaridan Özbekistonda yangi bank qonuni işlab çiqişga ehtiyoj bor. Hozirda qonun loyihasi bor, körib ham çiqdik. Umuman olganda, Özbekistonda islom moliyasiga ehtiyoj bor. Qonun loyihasi işlab çiqilgani katta narsa. Lekin loyihaga ba’zi özgarişlar kiritsak yaxşi bölar edi deb öylayman.
Masalan, litsenziya beriş masalasi bor. Islomiy bank oçiş, an’anaviy bankda islom moliyasi darçasi oçiş va an’anaviy banklarda islomiy şartnomalar tuziş masalasida litsenziya beriladi. Bu litsenziyani Markaziy bank berişi aytilgan, lekin islom moliyasida din bilan boğliq qismlar ham bor. Ya’ni litsenziya berişda Markaziy bankda islomiy qoidalarga töğri kelganlikni baholaydigan kadrlar, me’yorlar bormi, degan masala ham bor. Ya’ni mutaxassislar kerak böladi buni baholaş uçun. Bu vaziyatda litsenziya beriş faqat Markaziy bankning işi emas, balki şar’iy kengaşni jalb qiliş kerak böladi.












