Taşqi qarz, agar töğri yönaltirilsa, barqaror rivojlanişga hissa qöşadi. Şuning uçun jalb qilinadigan resurslarni oqilona boşqariş, loyihalarni puxta tanlaş, qarz oliş va kreditlaş amaliyotini yaxşilaş hamda bu sohalarda şaffoflikni yölga qöyiş muhim ahamiyat kasb etadi.

Odatda taşqi qarz davlat taşqi qarzi hamda xususiy sektor taşqi qarziga bölinadi. Davlat taşqi qarzi – hukumat tomonidan jalb qilingan yoki uning kafolati ostida olingan taşqi qarzlar. Xususiy sektor taşqi qarzi, öz navbatida, davlat majburiyat olmagan qarzlardir.

Qarz yukining oşişi xatari

Qarz – iqtisodiyot va jamiyatlar uçun keng kölamli oqibatlarga olib kelişi mumkin bölgan omil. Masalan, Argentina, Gretsiya va Zambiya kabi davlatlar taşqi qarzlar va ularni boşqarişdagi xatoliklar tufayli juda qiyin iqtisodiy vaziyatga tuşib qolgan.

Argentinaning iqtisodiy muammolari siyosiy beqarorlik, iqtisodiy notöğri boşqaruv, valuta inqirozlari va xomaşyo narxlarining özgaruvçanligi kabi omillarning kombinatsiyasidan kelib çiqadi. Yuqori inflatsiya, valuta qadrsizlanişi va daromadlar tengsizligi kabi tarkibiy muammolar mamlakatning qarz muammolarini yanada kuçaytirgan. Xalqaro valuta jamğarmasi ma’lumotlariga köra, bu mamlakatda haqiqiy budjet taqçilligi YaIMning 10 foizini taşkil qiladi, davlat qarzi 400 milliard dollardan oşgan, bu nominal YaIMning 80 foizidan köproğini taşkil qiladi.

Gretsiyada davlatning haddan taşqari köp, maqsadsiz, puxta öylanmagan xarajatlari (budjet sarflari), soliq tölaşdan böyin tovlaşlar, korrupsiya va iqtisodiy notöğri boşqaruv qarz inqirozini kuçaytirdi. Budjet-soliq intizomining zaifligi, davlat qarzining barqaror bölmagan darajasi va tarkibiy islohotlarning yöqligi mamlakatning iqtisodiy muammolarini köpaytirgan.

Umumiy olganda, qarz yukining noörin kuçayişi odatda barqaror bölmagan qarz oliş amaliyoti, notöğri moliyaviy intizom va tizimli boşqaruv kamçiliklari, qonun ustuvorligining ta’minlanmasligi hamda yuqori korrupsiya kabi nosoğlom holatlar tufayli yuzaga keladi.

Özbekiston Respublikasining taşqi qarzi yildan yilga ortib borayotgani sir emas. 2023 yilning yakuni böyiça Özbekistonning taşqi qarzi 29 mlrd 636 mln dollarni taşkil etgan edi. 2024 yilda jalb etilgan kreditlarni hisobga olganda, qarz miqdori 30 milliard dollardan oşgan. Joriy holat öta xatarli deb baholanmasa-da, xavf-xatarlar yetarliça (yuqorida keltirilga misollarga öxşaş). Bu esa inklyuzivlikni ta’minlovçi innovatsion va alternativ yeçimlarni talab qiladi. Muqobil moliyalaştiriş mexanizmlarini örganiş va ularni joriy etiş böyiça mamlakatimizda sönggi yillarda islohotlar amalga oşirilmoqda, ammo bu kam.