Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyev sudida ayblanuvchi granata portlatdi
Oqibatda ayblanuvchi halok bo‘ldi, ikki politsiyachi jarohat oldi.
Foto: The Insider
Ukraina poytaxti Kiyev shahrining Shevchenko tumani sudida ayblanuvchi granatani portlatib yubordi. Oqibatda u halok bo‘ldi, ikki politsiyachi jarohat oldi.
Portlashni 2015 yilda Ukraina Oliy Radasi oldidagi miting vaqtida terakt uyushtirganlikda ayblanayotgan «Sich» ko‘ngillilar bataloni jangchisi Igor Gumenyuk amalga oshirgan.
Qayd qilinishicha, sud unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasini uzaytirishi kerak edi.
Gumenyuk sud mahkamasi yakunlangach, hojatxonaga qamalib olgan. Soqchilar uni ushlashga uringanida granata uloqtirib, portlash sodir qilgan. So‘ngra paytdan foydalanib, qochishga uringan. Ammo soqchilar quroldan osmonga o‘q uzib, uni to‘xtatib qolishgan. Shunda Gumenyuk yana bir xonaga qamalib olgan va biroz vaqt o‘tgach ikkinchi granatani uloqtirgan. Bu safar portlash oqibatida uning o‘zi halok bo‘lgani, ikki nafar politsiyachi jarohat olgani aytilmoqda.
Gumenyuk 2015 yilda Oliy Rada oldida terakt uyushtirganlikda ayblanayotgan edi. Tergov talqiniga ko‘ra, u Milliy Gvardiya xodimlariga qarata granata uloqtirgan. Portlash oqibatida uch gvardiyachi halok bo‘lgan. Gumenyuk barcha ayblovlarni rad qilib kelayotgan edi.
Mavzuga oid
16:47 / 16.04.2026
Rossiya Ukraina bo‘ylab yopirilma zarba berdi – fotolar
08:50 / 15.04.2026
Zelenskiy: Erondagi urush sabab AQShning Ukrainaga vaqti yo‘q
09:48 / 14.04.2026
Mojar: Vengriya Ukraina uchun 90 mlrd yevroni bloklamaydi
09:01 / 14.04.2026