OAVni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar belgilanmoqda

Foto: Kun.uz
Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirishga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan qator nizomlar tasdiqlanmoqda, jumladan:
Bolalar uchun mo‘ljallangan eng yaxshi tele- va radioloyiha tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom. Hujjat jami 30 ta eng yaxshi loyihani moliyalashtirishni nazarda tutadi. Tanlov har yili iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi;
Ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan eng yaxshi material tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom. Birinchi o‘rin uchun BHMning 50 baravari, 2-o‘rin uchun 40 baravari va 3-o‘rin uchun 30 baravari miqdorida rag‘batlantirish belgilanmoqda;
OAV xodimlarining xorijiy tillarni o‘rganish hamda xorijiy tillar bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lish uchun imtihon topshirish xarajatlarini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom. Hujjat OAVda kamida 1 yil davomida ishlab kelayotgan xodimlarning xorijiy tillarni (ingliz, nemis, fransuz, ispan, arab va xitoy) o‘rganish va imtihon topshirish bilan bog‘liq xarajatlarining 50 foizi, biroq BHMning 15 baravaridan oshmagan qismini kompensatsiya qilishni nazarda tutadi. Buning uchun xodim V2 yoki undan yuqori darajada sertifikatni qo‘lga kiritishi lozim.
Jismoniy shaxslar tomonidan davriy bosma nashrlar, kitob va boshqa matbaa mahsulotlariga elektron tarzda obuna bo‘lish hamda davriy bosma nashrlar uchun obuna xarajatlarining bir qismini qaytarib berish tartibi to‘g‘risidagi nizom. Hujjat bolalarga mo‘ljallangan davriy bosma nashrlar uchun obuna narxining 20 foizi miqdorini, boshqa turdagi nashrlarga obuna narxining 10 foizi miqdorini qoplab berishni nazarda tutmoqda;
Davlat organlari va tashkilotlari muassisligida bo‘lmagan davriy bosma nashrlarning zamonaviy elektron shakllarini yaratish, ularni modernizatsiya qilish va bir yil davomida yuritish xarajatlarini qoplash tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom. Nizom bilan eng yaxshi 20 ta loyihani aniqlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi belgilanmoqda.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Sinovlar sabab hayot qadriga yetdim” – jigar sirrozidan tuzalgan so‘xlik hikoyasi
Jamiyat | 18:03
-
«Afrosiyob» poyezdlari harakati jadvaliga o‘zgarishlar kiritildi
Jamiyat | 17:53
-
Astronomlar Yerdan 120 yorug‘lik yili uzoqlikdagi sayyorada hayot belgisini topdi
Jahon | 17:51
-
Bashar Asad Suriyadan qochish vaqtida o‘zi bilan maxfiy ma’lumotlarni olib ketgan - Reuters
Jahon | 17:47
Mavzuga oid

11:29 / 25.03.2025
«Oq uy meni o‘z harbiy rejalari bilan tanishtirdi». Jurnalistni tasodifan maxfiy harbiy chatga qo‘shib qo‘yishdi

20:53 / 26.02.2025
“Bu faqat mengamas, hamma jurnalistga otilgan tosh” - Anora Sodiqovaning Mirsaid Haydarovga nisbatan da’vosi bo‘yicha sud yopiq o‘tadigan bo‘ldi

18:05 / 04.02.2025
Toshkent shahar hokimligi jamoatchilikni chalg‘itishga urindimi? Bosh prokuratura hokimlik raddiyasini rad etdi

09:54 / 04.02.2025