19:00 / 06.07.2023
13213
Reklama

Sayohat uchun munosib o‘yin noutbuklari

Yozgi ta’tillar mavsumi eng qizg‘in pallada, demak, jomadonni uzoq safarga tayyorlash vaqti yetdi. Noutbuk har qanday geymerning yaqin yo‘ldoshiga aylanishga ulgurgan: ixcham o‘lchamlari va kichik vazni uni ixcham ryukzakka joylash, zamonaviy grafika quvvati esa - maksimal sozlamalarda sevimli o‘yinlardan zavq olish imkonini beradi. Bunda, siz mehmonxonada issiq quyoshdan yoki yomg‘irdan panaga yashirinyapsizmi yoki samolyot, poyezdda vaqt o‘tkazyapsizmi, muhim emas. Uzoq yo‘lga mos bo‘lgan, bir nechta zamonaviy o‘yin noutbuklarini ko‘rib chiqamiz.

ROG Flow Z13 (2023)

Noyob o‘yin plansheti/noutbuki ROG Flow Z13 - bu qalinligi 12 mm va vazni 1.1 kg bo‘lgan 13-dyuymli qurilma. U nimasi bilan qiziq? Bir vaqtning o‘zida ham planshet, ham noutbuk hisoblanib, ROG Flow Z13 ikkala turdagi qurilmalarning eng yaxshi tomonlarini o‘zida jamlaydi: foydalanishda o‘ta qulaylik va eng og‘ir o‘yinlar uchun kuchli texnologik asos.

Maksimal versiyasida noutbuk 65 Vatt gacha termopaket hamda Intel Core i9 13900H protsessoriga ega GeForce RTX 4060 videokartasi bilan jihozlangan. Tezkor xotira sig‘imi 16 Gb ni tashkil etadi, ma’lumotlarni saqlash uchun umumiy sig‘imi esa - 1 TB SSD. Kuchli qismlarining sifatli sovutilishini suyuq metall termointerfeysi hamda ichki o‘rnatilgan bug‘lantirish kamerasi ta’minlaydi, tizim ishini optimallashtirish uchun esa NVIDIA Advanced Optimus texnologiyasi javob beradi. Natijada qurilma hatta yuqori yuklanishlarda o‘ta sokin ishlaydigan mahsuldor o‘yin platformasini o‘zida namoyon etadi.

Yoritiladigan to‘liq o‘lchamli yechma klaviatura qo‘shimcha portativlik taqdim etadi. Uni bir oddiy harakat bilan ajratib olish mumkin va noutbuk sensor ekranli va ichki o‘rnatilgan ajralma qo‘ygichli planshetga aylanadi. Qurilma qo‘ygich ROG Flow Z13 ni ko‘zlar uchun qulay holatda joylashtirish imkonini beradi. O‘z navbatida, tomonlar nisbati 16:10 va sohalar qamrovi 100% bo‘lgan 165 Gs DCI P3 displey o‘yinlarda birorta detal e’tiboringizdan chetda qolmasligini kafolatlaydi.

MSI Stealth 14 Studio A13V

14" diagonalga ega o‘yin noutbuklari ichida eng yaxshilaridan biri, uni o‘yinlar va ijod uchun haqiqatdan universal yechim deb atash mumkin. Ixcham 315x246x19 mm o‘lchami va 1.7 kg vazni qurilmani istalgan uzoq sayohatga olish imkonini beradi. Noutbukning to‘plami yaxshi taassurot uyg‘otadi: maksimal to‘plamda o‘yinlarda mahsuldorlik uchun GeForce RTX 4070, 14 yadro, 5.0 GGs chastotali 20 ta oqimga ega Intel Core i7-13700H protsessori, 64 GB DDR5-5200 tezkor xotira va 1 TB ga NVMe SSD PCIe Gen4 qattiq jismli xotira javob beradi. Qurilma ishini muvofiqlashtirishga Max-Q texnologiyalari yordam beradi, ular kerakli vatqda turli komponentlar o‘rtasida energiya iste’molini qayta taqsimlaydi, shovqinni kamaytiradi va batareya zaryadini tejaydi.

MSI Stealth 14 Studio A13V ning ekrani zamonaviy o‘yinlar uchun ideal mos keladi va 240 Gs gacha kadrlar chastotasini hosil qilishga qodir. FPS ning bunday ko‘rsatkichiga erishishga 40-seriya RTX videokartasining kuchi va NVIDIA DLSS 3 texnologiyasi yordam beradi. 110 dan ziyod mashhur dasturlarda renderingni tezlashtirishi tufayli har qanday kontent yaratuvchilar hayotini yengillashtiruvchi NVIDIA Studio vositalari haqida aytib o‘tish lozim.

Gigabyte AERO 14 OLED (2023)

Ushbu modelni istalgan ijodiy vazifalarni bajarish uchun ajoyib vosita sifatida tavsiflash mumkin. O‘ziga xos jihati ko‘plab jiddiy, xususan Pantone, TÜV Rheinland va Eyesafe 2.0 sertifikatlariga ega professional 2,8K OLED HDR displeyi hisoblanadi. Noutbukning ekrani yorqin va rangdor tasvirni ta’minlaydi. GeForce RTX 4050 videokartasi va 14 tadan 20 tagacha oqimga ega 13-avlod Intel protsessoriga ega Gigabyte AERO 14 OLED noutbugi barcha zamonaviy o‘yinlar uchun ideal mos keladi. Bunga korpusining ixchamligi, 1.49 kg vazni, ikkita Thunderbolt 4 uyasi, 64 Vt soat batareyani qo‘shamiz va nafaqat kichik sumkaga sig‘adigan, balki dunyoning istalgan burchagida o‘zining mahsuldorligi bilan xursand qiladigan kuchli qurilmaga ega bo‘lamiz.

ROG Zephyrus G14 (2023)

14" o‘yin noutbuklari ichida eng kuchlisi - bu shunchaki balandparvoz so‘zlar emas, balki obektiv faktlar e’tirofi. Ushbu mashinaning asosida GeForce RTX 4090 - zamonaviy o‘yin va texnologiyalarning bosh flagmani yotadi va shuning uchun ROG Zephyrus G14 katta televizorga ulash va qiziqarli geympleyga sho‘ng‘ish mumkin bo‘lgan, haqiqiy portativ o‘yin stansiyasi hisoblanadi. Ada Lovelace arxitekturasining istisno tarzidagi energiya samaradorligi tufayli muhandislar noutbukning samaradorligini sezilarli darajada oshirish, shu bilan birga qulay ishchi harorat va akustika xarakteristikalarini saqlab qolishga erishishdi. Noutbuk dastlab geymerlar uchun ishlab chiqilgan va aynan o‘yinlarda u o‘zining butun salohiyatini ko‘rsatishga qodir. DLSS 3 texnologiyasi tufayli soniyasiga shusiz ham ko‘p bo‘lgan kadrlar soni ikki barobarga ortishi foydalanuvchiga 2560 x 1600 piksel o‘lchamda o‘ta ravon tasvirni taqdim etishi mumkin. Buning ustiga, qurilma ixcham o‘lchamlari va 1.76 kg vazni bilan farq qiladi, demak istalgan uzoq sayohatda ajoyib yo‘ldoshga aylanadi.

Victus by HP 15-fa1001na

HP dan noutbukning ushbu modeli - yangi o‘yinlar bilan tanishishning eng ommabop usullaridan biri. GeForce RTX 4050 videokartasi va Intel Core i7 13700H protsessori hamda 16 GB RAM tezkor xotira uyg‘unligi maksimal sozlamalar va Full HD o‘lchamda istalgan o‘yinni o‘ynash uchun zarur mahsuldorlik darajasini ta’minlaydi.

Qurilma osmondagi yulduzlarni olib bermaydi, lekin u o‘zining ixchamligi bilan kuchli. Uni o‘zingiz bilan olib yurish oson, Victus interfeyslar va periferiyani ulash uchun barcha zarur asoslarga ega va yana uning qat’iy dizayni aksariyat foydalanuvchilarga ma’qul keladi.

Umid qilamizki, maqolamiz sifatli noutbuk tanlashingizda foydali bo‘ldi. Yangi mahsulotlar haqida bilib olish uchun Age Computers sayti va telegram-kanalini kuzatib boring.

Mavzuga oid
Top