O‘zbekiston | 10:16 / 06.07.2023
4762
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda yangi yo‘nalishda avtobus harakati yo‘lga qo‘yiladi

Toshkent shahrida 6 iyuldan boshlab yangi yo‘nalishda avtobus harakati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar berdi.

Foto: Kun.uz

2023 yil 6 iyul kunidan boshlab, 130-sonli Olchazor mahallasi — Food city savdo markazi avtobus yo‘nalishida 11 ta Yutong rusumli avtobus harakati yo‘lga qo‘yiladi

99-sonli Suvsoz mavzesi — Farhod bozori yo‘nalishiga qo‘shimcha 2 ta va 146-sonli Chinni bozori — Chorsu savdo markazi avtobus yo‘nalishiga qo‘shimcha 4 ta Yutong rusumli avtobus biriktirilishi ma’lum qilindi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid