O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2023
7393
1 daqiqa o‘qiladi

9 iyul kuni Toshkent metrosi harakati ish kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida tashkillashtiriladi

Joriy yilning 9 iyul, yakshanba kuni Toshkent metropolitenida poyezdlar harakati ishida o‘zgarish yuz beradi.

Foto: Kun.uz

Transport vazirligi xabariga ko‘ra, shu kuni metro harakati ish kunlari uchun tasdiqlangan doimiy jadval asosida tashkillashtiriladi.

Joriy yil 9 iyul kuni mamlakatda muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi o‘tkaziladi.

6 may kuni Saylov kodeksiga prezident, Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari saylovlarini muddatidan ilgari o‘tkazish bo‘yicha qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, prezident muddatidan ilgari O‘zbekiston prezident saylovini tayinlagan taqdirda, saylov ikki oy ichida o‘tkaziladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid