Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Jahon banki ko‘magida issiqxona gazlari emissiyasini kamaytiradi
Jahon banki tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan yangi loyiha O‘zbekistonga issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirish bo‘yicha Parij kelishuvi doirasida xalqaro majburiyatlarini bajarishga va xalqaro uglerod bozorlariga kirishga yordam beradi.
Jahon bankining yangi ko‘p million dollarlik granti O‘zbekiston hukumatiga atmosferaga issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirishga, energiya resurslaridan samarali foydalanishni rag‘batlantirishga, shuningdek, xalqaro uglerod bozorlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘lishga yordam beradi.
«O‘zbekistonning energetika sohasini transformatsiya qilish uchun innovatsion uglerod resurslari» loyihasi Jahon bankining energetika sohasida emissiyalarni kamaytirish bo‘yicha davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida shu turdagi birinchi loyihasidir. Loyiha doirasida taqdim etilayotgan 46 million 250 ming dollarlik grant mablag‘lari energiya subsidiyalarini isloh qilish doirasidagi chora-tadbirlarni rag‘batlantirish uchun ishlatiladi. Ular energiya resurslari iste’molini va issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirishga olib keladi.
Loyiha O‘zbekistonga «uglerod kreditlari»ni (CO2 tonna ekvivalentida o‘lchanadigan, issiqxona gazlari emissiyasi qisqartirilgan qismining miqdori) to‘plab borish va ularni xalqaro uglerod bozorlarida sotish imkonini beradi. Loyiha O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda Parij kelishuvi doirasidagi birinchi shunday xalqaro tashabbus bo‘lib, mamlakatga jahon uglerod bozori mexanizmlaridan foydalanish imkoniyatini beradi.
Jahon banki tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan yangi loyiha O‘zbekistonga issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirish bo‘yicha Parij kelishuvi doirasida xalqaro majburiyatlarini bajarishga va xalqaro uglerod bozorlariga kirishga yordam beradi.
Loyihani amalga oshirish doirasida 2028 yilgacha har yili O‘zbekistonga energiya subsidiyalarini isloh qilish natijalari uchun rag‘batlantiruvchi tadbirlar sifatida grant mablag‘lari ajratilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ular emissiyalarni tasdiqlangan qisqarishi uchun ajratiladi.
Prognozlarga ko‘ra, loyihani amalga oshirish davrida O‘zbekiston emissiyalarni taxminan 60 million tonnaga qisqartirishi mumkin. Shundan taxminan 2-2,5 million tonnasi loyiha doirasida sotib olinadi. Qolgan uglerod birliklarini O‘zbekiston loyiha davomida yaratilgan va sinovdan o‘tgan tizim va mexanizmlardan foydalangan holda xalqaro uglerod bozorlarida sotishi mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
16:36 / 29.05.2026
Rossiyadan O‘zbekistonga suyultirilgan gaz yetkazib berish 3,5 barobarga oshdi
09:30 / 27.05.2026
“Kommersant”: Rossiya Armanistonga gaz yetkazib berishni to‘xtatishi mumkin
20:10 / 15.05.2026
Ehtiyojmand oilalarga beriladigan kompensatsiya miqdorlari oshiriladi
11:37 / 13.05.2026