Trojyena – valiahd şahzoda Muhammad ibn Salmon tomonidan e’lon qilingan qiymati 500 milliard dollarlik futuristik Neom şahri loyihasining bir qismidir. Uning qurilişi 2029 yilda yakunlanadi va Fors körfazidagi birinçi oçiq toğ-çanği kurorti böladi. 

Sönggi bor qişki Osiyo öyinlari 2017 yilda Yaponiyaning Sapporo şahrida ötkazilgandi. 2021 yilgi musobaqa Pekinda ötkazilişi rejalaştirilgandi, biroq, koronavirus pandemiyasi tufayli bekor qilindi. 2025 yilgi öyinlarni ötkaziş uçun nomzod topilmadi. 2029 yilgi öyinlar uçun Trojyena yagona nomzod edi. 

Saudiya Arabistonida havo harorati kamdan kam hollarda 8 darajadan pastga tuşsa-da, mamlakat rahbariyati qişki öyinlarni yuqori saviyada ötkazişga va’da bermoqda. Trojyena Saravat toğlari etagida barpo etiladi. Dam oliş maskani qayta tiklanadigan energiyadan quvvat oladi, şuningdek, rejada toğ-çanği qişloqçasi, haşamatli oilaviy va soğlomlaştiriş markazlari, mintaqadagi eng yirik çuçuk suvli sun’iy köl va interaktiv tabiat qöriqxonasi ham barpo etiladi. Saudiya Arabistoni Ğarbiy Osiyoda bunday tadbirga mezbonlik qiladigan birinçi davlat böladi.

Trojyena loyihasi Saudiya Arabistoni Olimpiya va Paralimpiya qömitasi prezidenti va OOK vitse-prezidenti şahzoda Abdulaziz ibn Turkiy Ol Faysal, Neom boş direktori Nazmiy An-Nasr, Saudiya Arabistonining birinçi olimpiya çanğiçisi Fayik Abdiy, hokkeyçi Sadim At-Tuhamiy tomonidan taqdim etildi. Unga köra, musobaqada erkaklar va ayollar örtasida 47 şoda medallar öynaladi. Öyinlarni ötkazişda tabiiy qordan taşqari sun’iy qordan ham foydalaniladi. 

Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad ibn Salmon sport orqali mamlakatning jahondagi imijini yaxşilaşga harakat qilmoqda. Qişki Osiyo öyinlaridan taşqari, Saudiya Arabistoni 2023 yilda Butunjahon jang san’atlari öyinlari, 2025 yilda Yopiq inşootlardagi Osiyo öyinlari, 2034 yilda Ar-Riyozda yozgi Osiyo öyinlarini ötkaziş huquqini ham qölga kiritgan.