Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada 2 mingdan ortiq «arvoh chaqaloq» bo‘yicha tekshiruv boshlandi
Politsiya tug‘ilganlik haqida tibbiy daftarga ega, lekin tug‘ilganlik haqida guvohnoma olmagan 2 mingdan ortiq chaqaloq taqdiri bilan qiziqmoqda.
Janubiy Koreya hukumati 2015 yildan buyon tug‘ilganlik haqida tibbiy daftarga ega, lekin tug‘ilganlik haqida guvohnoma olmagan 2 mingdan ortiq chaqaloqlarni tekshirish bo‘yicha umummilliy kampaniyani boshladi. Bu haqda Yonhap xabar berdi.
Ro‘yxatga olinmagan chaqaloqlar soni 1069 nafarga yetgan, ayni paytda 939 nafari bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda. Qayd etilishicha, 939 nafar «arvoh chaqaloq»dan 34 nafari allaqachon o‘lgani tasdiqlangan. Politsiya 34 ta holatdan 19 tasida o‘lim zo‘ravonlik oqibatida yuz berganini istisno qilgan.
Janubiy Koreya politsiyasi hozirda 11 nafar bolaning shubhali o‘limini tergov qilmoqda. 4 nafar bolaning o‘limiga ota-onasi aloqadorligi aniqlangach, ish prokuraturaga yuborilgan.
Ayni paytda politsiya yana ro‘yxatga olinmagan 782 nafar chaqaloqni topishga harakat qilmoqda.
2023 yil iyun oyida Janubiy Koreya politsiyasi Suvon shahrida dahshatli qotillikni fosh qilgan edi. Unda yosh ona 2018 va 2019 yillarda tug‘ilgan chaqaloqlarini bo‘g‘ib o‘ldirib, muzlatgichda saqlab kelgani aniqlangan. Bu chaqaloqlar tug‘uruqxonada ro‘yxatga olingan, ammo tug‘ilgani haqida guvohnomasi bo‘lmagan. Shundan so‘ng, politsiya butun mamlakat bo‘ylab shunday chaqaloqlarni aniqlash bo‘yicha keng qamrovli tergovni boshlab yubordi.
Mavzuga oid
21:16 / 15.06.2026
Ohangaronda IIB xodimlari pichoqlandi
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
10:39 / 02.05.2026