Jahon | 11:06 / 14.07.2023
4591
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh va Finlandiya prezidentlari Helsinkida muzokara o‘tkazdi

Helsinkida Jo Bayden Shvetsiya, Norvegiya, Daniya va Islandiya rahbarlari bilan muzokaralarda ham ishtirok etadi.

Foto: Getty Images

AQSh prezidenti Jo Bayden 13 iyul, payshanba kuni Helsinkidagi prezident saroyida finlandiyalik hamkasbi Sauli Niinistyo bilan uchrashdi. «Sizni Finlandiyada kutib olish men uchun katta xursandchilikdir. Finlandiya xavfsizlik siyosatida yangi davrga qadam qo‘yganida katta qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun yana bir bor minnatdorchilik bildiraman», - deya Niinistyoning so‘zlaridan iqtibos keltirgan Yle media-kompaniyasi. Finlandiya rahbari o‘z mamlakatining NATOga a’zo bo‘lgani va bu qadam Vashington tomonidan ma’qullanganini eslatdi. «Ha, deyishim uchun uch soniya vaqt ketdi», deb javob berdi Oq uy rahbari.

Amerika prezidenti Finlandiya va AQSh o‘rtasidagi hamkorlik, jumladan, xavfsizlik siyosati sohasida ham muhimligini ta’kidladi. «NATO avval qachondir hozirgidan kuchliroq bo‘lgan deb o‘ylamayman», dedi Bayden. 

Oq uy rahbari Niinistyo va Finlandiya bosh vaziri Petteri Orpo bilan uchrashishdan tashqari, Shvetsiya, Norvegiya, Daniya va Islandiya rahbarlari bilan ham muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan. Bayden besh yil avval Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashganidan keyin Finlandiyaga tashrif buyurgan birinchi AQSh prezidenti bo‘ldi. 

Bir necha kun oldin Bayden Buyuk Britaniyaga tashrif buyurdi hamda u yerda bosh vazir Rishi Sunak va qirol Charlz III bilan uchrashdi. Oq uy rahbari 11 va 12 iyul kunlari NATOga a’zo davlatlar rahbarlarining sammiti bo‘lib o‘tgan Vilnyusga bordi. U yerda Bayden Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan muzokara o‘tkazdi. 

Mavzuga oid