Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boku Qorabog‘ni Ozarboyjon tarkibiga «to‘liq integratsiya qilish rejasi»ni tayyorlab bo‘lgan
Mohiyatga ko‘ra, mazkur reja «yo‘l xaritasi» hisoblanadi va uzoq yillar ayirmachilik kayfiyatida bo‘lib kelgan, armanlar ko‘proq istiqomat qiluvchi hududni Ozarboyjon Respublikasi tarkibiga og‘riqlarsiz singib ketishini ta’minlaydi.
David Shahnazaryan. Foto: live24.am
Bu haqda Armaniston ommaviy axborot vositalariga Armaniston milliy xavfsizlik xizmatining sobiq rahbari David Shahnazaryan xabar bergan, deb yozadi haqqin.az.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur dastur-yo‘l xaritasi integratsion omilning to‘rtta bosqichini qamrab oladi:
- hujjatlarni almashtirish, birinchi navbatda Ozarboyjon pasportlarini tarqatish;
- muomalaga Ozarboyjon milliy valutasi — manatni joriy etish;
- noqonuniy qurollangan guruhlarni to‘liq qurolsizlantirish va tarqatish;
- hokimiyatni to‘liq Ozarboyjon hukumatiga topshirish.
Shahnazaryan boshqa tafsilotlarni keltirmagan. U shuningdek, ushbu reja-yo‘l xaritasini amalga oshirish uchun har bir bosqichga 3 oydan jami 12 oy vaqt ajratilganini ham qo‘shimcha qilgan.
«Mendagi ma’lumotlarga ko‘ra, Ozarboyjon hukumati ushbu rejani Armaniston hukumatiga topshirgan. Men yana shuni bilamanki, Armaniston hukumati ushbu hujjatni Qorabog‘dagi [ayirmachi] «hukumat»ga topshirishi kerak», — degan Shahnazaryan.
Avvalroq Moldova poytaxti Kishinyov shahrida Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Tog‘li Qorabog‘ maqomi yuzasidan muzokara o‘tkazgani xabar qilingan edi. Uchrashuvda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kansleri Olaf Shols va Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel ham ishtirok etgan.
Mavzuga oid
10:19 / 22.04.2026
Markaziy Osiyo va Ozarboyjon yetakchi ayollari ustuvor vazifalarni muhokama qildi
22:26 / 20.04.2026
Armanistonda 10 tonnaga yaqin Nestle bolalar ozuqasi yo‘q qilindi
19:20 / 15.04.2026
Rossiya va Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati oqibatlari «hal etilganini» e’lon qildi
19:05 / 14.03.2026