Jahon | 11:01 / 19.07.2023
5168
2 daqiqa o‘qiladi

YeI Belarusdagi prezident saylovlarining 3 yilligi munosabati bilan yangi sanksiyalar tayyorlayapti

YeI 9 avgustdan kechiktirmay Minskdagi rejimga nisbatan inson huquqlarini buzgani uchun yangi cheklov choralarini joriy qiladi, deb xabar berdi Bryussel DW’ga. 2020 yilda shu kuni Belarusda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tgan.

Foto: Tatyana Zenkovich/EPA/EFE

Yevropa Ittifoqi mamlakatdagi prezidentlik saylovlarining 3 yilligiga munosabati bilan Belarusda inson huquqlari buzilishi bo‘yicha yangi sanksiyalar paketini joriy qilmoqchi. Bu haqda DW muxbiriga 18 iyul, seshanba kuni Bryusselda Yevropa Ittifoqining yuqori martabali amaldori xabar berdi. Uning aniqlik kiritishicha, 9 avgustgacha ushbu cheklov choralari joriy etiladi

Parallel ravishda Minskka qarshi yana bir sanksiyalar paketi muhokama qilinmoqda, bu Belarusning Ukrainaga qarshi Rossiya harbiy agressiyasidagi ishtiroki bilan bog‘liq, dedi manba. Belarusga qarshi YeI tomonidan oltita sanksiyalar paketi joriy qilingan. Oxirgisi bir yil oldin kuchga kirgan. Ukraina urushidagi ishtiroki munosabati bilan Minskka qarshi yangi cheklov choralari muhokamasi Yevropa Ittifoqida bir necha oydan beri davom etmoqda. 

Belarusda prezidentlik saylovlari 2020 yil 9 avgust kuni bo‘lib o‘tgan. Aleksandr Lukashenko o‘zini g‘olib deb e’lon qildi, saylovoldi kampaniyasining qolgan ishtirokchilari qamaldi yoki mamlakatni tark etishga majbur bo‘ldi. Saylov natijalarini soxtalashtirishga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari natijasida o‘n minglab belaruslar qo‘lga olindi. 

Hozirda hibsga olingan, saylovlar vaqtidagi muxolifat harakati yetakchilari Sergey Tixanovskiy, Viktor Babariko va Mariya Kolesnikova bilan nima sodir bo‘layotgani noma’lum, chunki ular bilan bir necha oy davomida aloqa bo‘lmagan. Bryussel Aleksandr Lukashenkoni Belarusning qonuniy prezidenti deb hisoblamaydi va demokratik kuchlar yetakchisi Svetlana Tixanovskaya bilan mamlakat kelajagi haqida muloqot o‘tkazmoqda. 

Mavzuga oid