Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Gurjiston portlari hududida terminallar qurishi mumkin
Transport vazirining o‘rinbosari Jasur Choriyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Gurjistonning Batumi shahriga tashrif buyurdi.
Foto: apmterminals.com
O‘zbekiston Transport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, tashrif davomida delegatsiya Gurjiston dengiz transporti agentligi direktori Aleksai Ahvlediani bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalasida uchrashuv o‘tkazdi.
Transport vazirligi vakillari Poti, Batumi, Anakliya, Poti erkin iqtisodiy zonasi hamda Sarpi chegara nazorat o‘tkazish punkti faoliyati bilan tanishdi.
Gurjiston iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vazirining o‘rinbosari Guram Guramishvili bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston eksport-import yuklari tashuvlarini amalga oshirishda ushbu davlatning Poti va Batumi portlari mavjud infratuzilmasidan samarali foydalanish, O‘zbekiston biznesi vakillari tomonidan Gurjiston portlari hududida terminallarni qurish bo‘yicha bildirilgan takliflar muhokama etildi.
Mavzuga oid
11:17
YeI ilk bor uchinchi davlatlar portlariga sanksiya qo‘llashni ko‘rib chiqmoqda
11:19 / 02.02.2026
O‘zbekiston Pokiston portlari orqali yuzlab portlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri dengiz aloqasini yo‘lga qo‘ydi
13:16 / 17.01.2026
O‘zbekiston Karachi porti imkoniyatlarini o‘rganishni boshladi
23:16 / 12.01.2026