Jahon | 14:50 / 21.07.2023
25355
5 daqiqa o‘qiladi

Odessa yana o‘qqa tutildi, vagnerchilarning yana bir qabristoni topildi. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 512-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya Ukraina janubi bo‘ylab navbatdagi yoppa zarbalarni amalga oshirdi. Odessada bir kishi halok bo‘lib, sakkiz kishi yaralangan. Mikolayivda qurbonlar soni ikki nafar, yaralanganlar soni 18 nafarni tashkil qilmoqda.
  • Ukraina mudofaa vazirligi Qora dengiz hududi bo‘ylab Rossiya portlari tomon harakatlanadigan har qanday kema harbiy yuk tashuvchi sifatida baholanishini ma’lum qildi. Bundan oldinroq Rossiya mudofaa vazirligi ham ukrain portlari tomon suzadigan kemalar borasida xuddi shunday bayonot bergandi.
  • Ukraina AQShdan qabul qilib olingan kassetali o‘q-dorilarni qo‘llashni boshladi.
  • Qrim rahbari «dushman» droni zarbasi oqibatida o‘smir yoshidagi qiz vafot etganini xabar qildi.
  • Belarus mudofaa vazirligi Polsha bilan chegara yaqinida «Vagner» XHK bilan qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazilayotgani haqida ma’lumot berdi.

Mikolayiv va Odessaga zarbalar

20 iyulga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Odessa, Mikolayiv va Sumi bo‘ylab 19 ta kamikadze dronlar va shuncha raketa yo‘llagan. Portlar, prichallar (kemalar bog‘lab qo‘yiladigan joy), turar joylar va do‘konlar zarba ostida qolgan.

Mikolayivda tinch aholi vakillaridan ikki kishi halok bo‘lib, 18 kishi jarohatlangan, ulardan to‘qqiz nafari (jumladan besh nafar bola) shifoxonaga yotqizilgan.

Odessada tinch aholi vakillaridan bir kishi halok bo‘lib, sakkiz kishi yaralangan, ular orasida  — Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmatining uch nafar xodimi bor. Bir qancha binolar shikastlangan, jumladan bolalar bog‘chasi va Xitoy konsulxonasi.

Sumida dron maktabdan tashqari sog‘lomlashtirish muassasasi binosiga qulagan, bino ichida bo‘lgan hamshira jarohat olgan.

Mikolayivda rossiyaliklar raketasi tushganidan keyin turar joy binosida chiqqan yong‘inni o‘chirayotgan o‘t o‘chiruvchilar
Ukraina FVDX / AP / Scanpix / LETA
Mikolayivga hujum vaqtida yaralangan ayolni olib ketayotgan tez yordam xodimlari
Ukraina FVDX / AP / Scanpix / LETA
Odessalik o‘t o‘chiruvchilar rossiyaliklar raketasi tushgan ma’muriyat binosida ishlamoqda
Ukraina FVDX / Reuters / Scanpix / LETA
Odessada xarobalar ostidan o‘g‘lining jasadi olib chiqilgan ota
Reuters / Scanpix / LETA
Odessalik ayol vayron bo‘lgan binolardan birida qutqaruvchilar ishini kuzatmoqda
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Mikolayivlik kishi rossiyaliklar hujumi vaqtida shikastlangan uy yonidan o‘tmoqda
Oleksii Filippov / AFP / Scanpix / LETA
Odessalik qutqaruvchi hordiq olmoqda
Oleksandr Gimanov / AFP / Scanpix / LETA

Severskdagi o‘t o‘chiruvchilar ishi

Seversk — Donetsk oblastidagi, Baxmutdan taxminan 30 kilometr shimolda joylashgan shahar. Seversk Ukraina qurolli kuchlari nazoratida qolmoqda — ukrain qo‘shini uchun bu 30 kilometr janubdagi Soledar shahriga yurish qilish uchun baza vazifasini bajaradi. Seversk bir yildan ortiq vaqtdan buyon muntazam ravishda o‘qqa tutiladi — quyida ushbu shahardagi mahalliy o‘t o‘chirish xizmatlari ishi aks etgan suratlar.

Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Seversklik kishi yong‘in ro‘y bergan uyi atrofida
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA

 «Vagner» XHK qabristoni

«Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi qabristonlaridan biri — u aynan qayerda joylashganiga aniqlik kiritilmagan. 2023 yil aprel oyi o‘rtalarida ushbu xususiy harbiy kompaniyaga yollanib, Ukrainadagi urushda halok bo‘lganlar dafn etilgan yettita qabriston aniqlangandi — o‘sha vaqtda bu qabristonlarga jami 995 dan ortiq tobut ko‘milgan. «Vagner» XHK jangchilari ko‘milgan eng mashhur qabristonlardan biri Krasnodar o‘lkasining Bakinskaya stanitsasida joylashgan. 17 mart kuniga kelib jurnalistlar va ko‘ngillilar bu yerda 442 ta qabr sanashgandi.
«Razgruzka Vagnera» telegram-kanali

Mavzuga oid